Jahon

Bangladeshda avtobus daryoga qulashi oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Avtobusda taxminan 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Bangladeshda avtobus daryoga qulashi oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Bangladeshda yo‘lovchi avtobusi Padma daryosiga qulashi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus mamlakat markaziy hududlaridan birida paromga chiqish uchun pontonda kutayotgan paytda nazoratdan chiqib ketib, daryoga qulab tushgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, transport vositasida taxminan 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

 

Qutqaruvchilar hodisadan bir necha soat o‘tib avtobusni daryo tubidan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan.

 

Qidiruv-qutqaruv ishlari yong‘in xavfsizligi xizmati, armiya, politsiya, qirg‘oq qo‘riqlash xizmati hamda mahalliy ma’muriyat hamkorligida olib borilmoqda. Operatsiyada 10 nafar g‘avvos ishtirok etayotgan to‘rtta maxsus bo‘linma jalb qilingan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lgan 24 kishidan 23 nafarining shaxsi aniqlangan. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham borligi ma’lum qilingan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bangladeshda avtobus daryoga qulashi oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz