O'zbekiston

“G‘oliblarga Damas va pul mukofotlari beriladi”

O‘zbekiston bo‘ylab 7-11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.

“G‘oliblarga Damas va pul mukofotlari beriladi”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda. 

 

 

Qayd etilishicha, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘quvchi-qizlar o‘rtasida ommaviy futbolni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashdan iborat.

 

Ma’lumot o‘rnida: musobaqaning tuman (shahar) bosqichida O‘zbekiston bo‘ylab 5 020 ta umumta’lim maktabidan jami 98 618 nafar o‘quvchi-qiz ishtirok etdi. Umumiy natijalarga ko‘ra, o‘z hududlarida yetakchilikni qo‘lga kiritgan 16 ta jamoa respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

 

 

Ayni damda musobaqaning Respublika bosqichi Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tmoqda. Unda 14 ta hududdan jami 256 nafar o‘quvchi-qiz o‘zaro kuch sinashmoqda. 

 

Jarayonlar doirasida ishtirokchi o‘quvchi qizlar Surxondaryo viloyatining tarixiy binolariga uyushtiriladigan sayohat tadbirlarida ham qatnashishdi.

 

Futbol bahslarining dastlabki saralash bosqichi 25-28-mart kunlari viloyatning Angor tumani markaziy stadionida 4 ta guruhga bo‘lingan holda o‘tkazilmoqda.

 

Final bahsi va taqdirlash marosimi 29-mart kuni Surxon arena stadionida tashkil qilinadi.

 

 

“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi respublika bosqichida:

 

1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘olib jamoa a’zolari — “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘m;

 

2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolari — “Damas” avtomashinasi va 200 mln so‘m;

 

3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolari — “Damas” avtomashinasi va 150 mln so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

 

Shuningdek, 13 ta jamoa ishtirokchilariga Sport vazirligi tomonidan vorkaut maydonchasini qurib berish bo‘yicha vaucher, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston futbol asotsiatsiyasi tomonidan 800 mln so‘m qiymatga ega futbol koptoklari taqdim etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“G‘oliblarga Damas va pul mukofotlari beriladi” | Zamon.uz