O'zbekiston

O‘zbekistonda banklardan 500 dollargacha valyutani pasportsiz sotib olishga ruxsat berilishi mumkin

Markaziy Bank loyihani jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

O‘zbekistonda banklardan 500 dollargacha valyutani pasportsiz sotib olishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjat loyihasiga ko‘ra, tijorat banklarida naqd chet el valyutasini sotib olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilishi taklif etilmoqda.

 

Loyihada jismoniy shaxslarga 500 AQSH dollarigacha bo‘lgan naqd valyutani bankka pasport taqdim etmasdan sotib olishga ruxsat berilishi mumkinligi nazarda tutilgan. Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu limit 100 AQSH dollarini tashkil etadi.

 

Hujjatga ko‘ra, tijorat banklari ekvivalenti 500 AQSH dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasini sotib olayotgan jismoniy shaxslarni lozim darajada tekshirishini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, mijozni lozim darajada tekshirish talablari qo‘llaniladigan holatlarga ham o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshgan summada bank hisobvarag‘ini ochmasdan yoki undan foydalanmasdan operatsiyalar amalga oshirilganda mijozning shaxsiga aniqlik kiritilishi kerak. Muhokamaga qo‘yilgan loyihada ushbu chegarani 175 mln so‘m miqdorida belgilash taklif etilgan.

 

Mazkur loyiha yuzasidan jamoatchilik muhokamasi joriy yil 4-aprelga qadar davom etadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda banklardan 500 dollargacha valyutani pasportsiz sotib olishga ruxsat berilishi mumkin | Zamon.uz