O'zbekiston

O‘zbekistonda go‘sht narxi bir oy ichida sezilarli darajada qimmatlashdi

Go‘shtning ulgurji narxi 8 foizgacha ko‘tarildi.

O‘zbekistonda go‘sht narxi bir oy ichida sezilarli darajada qimmatlashdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda go‘sht narxi so‘nggi bir oy ichida sezilarli qimmatlashib, 8 foizgacha ko‘tarildi.

 

25-mart holatiga Toshkent shahridagi “Eski juva” (Chorsu) bozorida mol go‘shtining ulgurji narxi 75−108 ming so‘mni tashkil etdi. Maxsus turdagi mol go‘shti qovurg‘asi 75−80 ming, sarpanja 85−95 ming va soni 90−100 ming so‘m atrofida sotilmoqda.

 

Muzlatilgan import go‘shti esa minimal 85 ming, maksimal 110 ming so‘mdan narxlanyapti. Qo‘y go‘shtining ulgurji narxi esa 85−110 ming so‘mni tashkil etdi.

 

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2026-yil yanvar–fevral oylarida 156,9 million dollarlik go‘sht va go‘sht mahsulotlari import qilingan. Shu importning asosiy qismi qoramol go‘shtiga to‘g‘ri kelgan: ikki oy davomida umumiy qiymati 120 million dollar bo‘lgan 25,9 ming tonna mol go‘shti olib kelingan.

 

Iqtisodchi Otabek Bakirov go‘sht narxining oshishini Rossiyada kasallik tarqalishi natijasida fermerlardan chorva mollarining tortib olinishi, shuningdek, Qozog‘istonning Rossiyadan tirik chorva va go‘sht importini hamda ularning tranzitini taqiqlashi bilan izohladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda importga qaramlikni kamaytirish uchun chorva ozuqasi masalasini tizimli hal etish zarurligini ta’kidlagan. Joriy yilda qo‘shimcha 60 ming gektarda ozuqa ekinlari yetishtirish va mayda shoxli qoramol naslini yaxshilash ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan.

 

O‘tgan yili Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki olib kelingan bo‘lsa, joriy yilda ham ushbu yo‘nalishdagi import hajmi saqlab qolinish rejalashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.