O'zbekiston

O‘zbekistonda nikohni bekor qilishda yarashish muddati uzaytirilishi mumkin

Er-xotinlarga nikohni qayta ko‘rib chiqish uchun bir yil muddat berish taklif qilinmoqda.

O‘zbekistonda nikohni bekor qilishda yarashish muddati uzaytirilishi mumkin

Oila kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi. Hujjatga ko‘ra, sud orqali nikohni bekor qilmoqchi bo‘lgan er-xotinlarga yarashish muddati amaldagi olti oy o‘rniga bir yilgacha uzaytirilishi taklif qilinmoqda.

 

Loyihani Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ilgari surdi. Hujjatda ta’kidlanishicha, amaldagi qonunchilikda oila munosabatlarining muhim jihatlari to‘liq qamrab olinmagan. Xususan, FHDYo orqali ajralish jarayonida oiladagi haqiqiy vaziyat, nizolarning kelib chiqish sabablari va ularni hal etish imkoniyatlari yetarlicha hisobga olinmaydi. Natijada, nikohning bekor qilinishi ko‘pincha faqat rasmiy tartibga aylanadi. Shu munosabat bilan sud tomonidan er-xotinga yarashish uchun beriladigan muddat ko‘pincha yetarli emas.

 

Shu sababli, Oila kodeksining 40-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, “olti oyga” degan ibora o‘rniga “bir yilgacha” degan jumla kiritilishi taklif qilinmoqda. Bu er-xotinlarga nikohni qayta ko‘rib chiqish va oilaviy nizolarni hal qilish uchun ko‘proq vaqt beradi.

 

Loyihada sud va boshqa organlar tomonidan bolalar bilan bog‘liq masalalarda quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan:

 

Voya yetmagan bolalar nikoh bekor bo‘lganidan so‘ng ota-onasin7ng qaysi biri bilan yashashini sud belgilaydi, shu jumladan ularning turar joyini ta’minlash tartibi ham aniqlanadi.

 

Sud bolaning alohida yashayotgan ota-onasi bilan muloqot qilish tartibini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Bolalar uchun undirilgan ali­mentlar bolaning nomiga ochilgan bank hisobiga o‘tkaziladi, mablag‘larning to‘plami va sarflanishi vasiylik va homiylik organlari tomonidan nazorat qilinadi.

 

Nikoh muddati bir yildan kam bo‘lgan oilalarda ajralish holatida bolalarga ta’minot berish majburiyati kiritiladi. (Zo‘ravonlik bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno.)

 

Shuningdek, sud va tegishli hokimiyat organlariga xabardor qilish tartibi yangilanadi: “uch kundan kechiktirmay” degan jumla o‘rniga elektron hukumat tizimi orqali xabardor qilish amalga oshiriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda nikohni bekor qilishda yarashish muddati uzaytirilishi mumkin | Zamon.uz