Jahon

Pentagon Eronga qarshi “hal qiluvchi zarba” ssenariylarini ishlab chiqmoqda

Oq uy hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan, biroq muzokaralar natija bermasa, vaziyat keskinlashishi mumkin.

Pentagon Eronga qarshi “hal qiluvchi zarba” ssenariylarini ishlab chiqmoqda

Pentagon Eronga qarshi ehtimoliy harbiy operatsiyalar bo‘yicha bir nechta ssenariylarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Axios nashri AQSh rasmiy manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqilayotgan variantlar qatorida quruqlikdagi qo‘shinlardan foydalanish, keng ko‘lamli bombardimon hamda Fors ko‘rfazidagi strategik hududlarni nazoratga olish kabi choralar mavjud.

 

Manbalarning ta’kidlashicha, ayrim AQSh rasmiylari bunday kuch namoyishi tinchlik muzokaralarida Vashingtonning pozitsiyasini mustahkamlashi yoki Donald Tramp uchun siyosiy jihatdan “g‘alaba” e’lon qilish imkonini berishi mumkin, deb hisoblamoqda.

 

Xususan, AQSh tomonidan ko‘rib chiqilayotgan ehtimoliy harbiy ssenariylar orasida quyidagilar bor:

 

Eronning asosiy neft eksport markazlaridan biri bo‘lgan Xarg oroliga bostirib kirish yoki uni blokadaga olish;

 

Larak orolini egallash orqali Eronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratini cheklash;

 

Strategik ahamiyatga ega Abu Musa oroli hamda bo‘g‘oz yaqinidagi yana ikki kichik orolni nazoratga olish;

 

Hormuz bo‘g‘ozining sharqiy qismida Eron neftini tashiyotgan kemalarni toʻsib qoʻyish yoki musodara etish.

 

Bundan tashqari, AQSh harbiylari Eron hududiga chuqur kirishni nazarda tutuvchi quruqlikdagi operatsiya rejalarini ham tayyorlagani aytilmoqda. Biroq yuqori xavf sababli Oq uy hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan.

 

Xabar qilinishicha, yaqinda AQSh Harbiy-havo kuchlarining C-17A Globemaster III transport samolyoti BAA hududi ustida harbiy manevrlar o‘tkazgan. Ayrim tahlilchilar buni ehtimoliy operatsiyaga tayyorgarlik sifatida baholamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroil 28-fevraldan buyon Eronga qarshi harbiy operatsiyalar olib bormoqda. Mojaro kuchayishi natijasida global energetika bozori uchun muhim bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish deyarli to‘xtab qolgan.

 

Manbalarga ko‘ra, agar Tehron bilan muzokaralar ijobiy natija bermasa, AQSh rahbariyati vaziyatni keskinlashtirish ehtimolini ham istisno qilmayapti.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Pentagon Eronga qarshi “hal qiluvchi zarba” ssenariylarini ishlab chiqmoqda | Zamon.uz