O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak avtobusdan topildi

Hozirda qarzdorning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi 28 mln so‘mni tashkil etib, uning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak avtobusdan topildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak avtobusdan topildi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz’ga ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudning ijro hujjatiga asosan undiruvchi J.Ch. foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun qarzdor A.Yo.dan aliment undirish belgilangan. 

 

Qarzdor tomonidan aliment pullari har oy o‘z vaqtida to‘lab kelinmaganligi sababli, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida, qarzdorning yashash manziliga bir necha marotaba borilganida, qarzdor ushbu manzilda yo‘qligi aniqlangan. 

 

Shu sababli unga nisbatan Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan. 

 

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan qarzdor To‘rtko‘l tumanida ikkinchi turmush o‘rtog‘ining uyida yashirinib, Beruniy tumaniga kelib ketib yurganligi aniqlanib, qarzdorni ushlash rejasi tuzilgan.

 

Joriy yilning 25-mart kuni qarzdor To‘rtko‘l tumanidan To‘rtko‘l-Beruniy yo‘nalishida qatnovchi avtobusga chiqqan va avtobus tezkor xodimlar tomonidan kuzatib borilgan. 

 

Avtobus tuzilgan reja asosida Beruniy tuman markazida joylashgan bekatda to‘xtagan paytda qarzdor byuroning Beruniy tuman xodimlari bilan birgalikda qo‘lga olingan.

 

Hozirda qarzdorning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi 28 mln so‘mni tashkil etib, uning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak avtobusdan topildi | Zamon.uz