Jahon

Rossiyada elektron sigaretlar butunlay taqiqlanishi mumkin

Davlat komissiyasi elektron nikotin yetkazib berish tizimlarini to‘liq taqiqlash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Rossiyada elektron sigaretlar butunlay taqiqlanishi mumkin

Rossiyada elektron sigaretalar, veyplar hamda ular uchun mo‘ljallangan suyuqliklarni ishlab chiqarish, import qilish va tarqatishni to‘liq taqiqlash tashabbusi ilgari surildi. Bu haqda Vedomosti nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ushbu taklif sanoat mahsulotlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi yig‘ilishida qo‘llab-quvvatlangan.

 

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha mazkur masala yuzasidan alohida qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin.

 

Nashr manbalariga ko‘ra, davlat komissiyasi tomonidan ma’qullangan tashabbuslar odatda keyinchalik qonunchilik darajasida rivojlantiriladi va tegishli hujjatlar shakllantiriladi.

 

Dastlab yig‘ilishda elektron nikotin yetkazib berish tizimlari bozorida nazoratni kuchaytirish masalasi muhokama qilinishi rejalashtirilgan edi. Biroq muhokamalar davomida ishtirokchilar ushbu mahsulotlarni butunlay taqiqlash zarurligi haqida yakdil fikrga kelishgan.

 

Cheklovlar tatbiq etiladigan qurilmalar ro‘yxati hamda qonun loyihasini ishlab chiquvchi tashkilot keyinchalik aniqlashtirilishi ma’lum qilindi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada elektron sigaretlar butunlay taqiqlanishi mumkin | Zamon.uz