Jahon

Rossiyada naqd rubl va oltin olib chiqishga cheklovlar joriy etildi

1-apreldan boshlab barcha toifadagi shaxslar olib chiqilayotgan mablag‘larning kelib chiqishini bank hujjatlari bilan tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Rossiyada naqd rubl va oltin olib chiqishga cheklovlar joriy etildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25-mart kuni mamlakatdan naqd pul va oltin olib chiqishni tartibga soluvchi yangi farmonni imzoladi. 

 

Hujjatga ko‘ra, bir qator cheklovlar 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

 

Yangi tartibga binoan, jismoniy shaxslar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YII)ga a’zo davlatlar — Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga 100 ming AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi naqd rublni olib chiqolmaydi.

 

Shu bilan birga, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun naqd pulni temiryo‘l yoki avtomobilda olib chiqish to‘liq taqiqlanadi. Ular bunday operatsiyalarni faqat xalqaro aeroportlar orqali amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

 

Farmonga muvofiq, 1-apreldan boshlab barcha toifadagi shaxslar olib chiqilayotgan mablag‘larning kelib chiqishini bank hujjatlari bilan tasdiqlashi, shuningdek, xorijda undan qanday maqsadda foydalanilishini ko‘rsatgan holda deklaratsiya topshirishi shart etib belgilandi.

 

Bundan tashqari, hujjat bilan oltin olib chiqish bo‘yicha ham cheklovlar joriy etildi. Xususan, 2026-yil 1-maydan boshlab og‘irligi 100 grammdan ortiq bo‘lgan oltin quymalarini olib chiqish tartibi qat’iylashtiriladi.

 

Yuridik shaxslar va tadbirkorlar bunday quymalarni YII davlatlariga faqat Rossiya Asillik palatasining maxsus ruxsatnomasi asosida hamda Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo va Knevichi xalqaro aeroportlari orqali olib chiqishi mumkin bo‘ladi.

 

Jismoniy shaxslar uchun esa oltin olib chiqish bo‘yicha yangi talablar nafaqat YII mamlakatlariga, balki boshqa xorijiy davlatlarga nisbatan ham amal qiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiyada naqd rubl va oltin olib chiqishga cheklovlar joriy etildi | Zamon.uz