Jahon

Rossiyaning dron hujumlari oqibatida Ukrainada ikki kishi halok bo‘ldi

Dunay daryosi bo‘yidagi Izmail portiga zarba berilib, port inshootlari va energetika infratuzilmasiga zarar yetkazildi.

Rossiyaning dron hujumlari oqibatida Ukrainada ikki kishi halok bo‘ldi

Rossiya hujumlari Ukrainaning shimoli-sharqidagi Xarkov shahrida va uning atrofida ikki kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda rasmiylarga tayanib Reuters xabar bermoqda. 

 

Ma’lum qilinishicha, Dunay daryosi bo‘yidagi Izmail portiga ham zarba berilgan bo‘lib, natijada port inshootlari va energetika infratuzilmasiga zarar yetgan.

 

Xarkov viloyati prokuraturasi payshanba kuni erta tongda Telegram’da e’lon qilgan bayonotida, Xarkov shahriga qilingan hujumda jarohatlangan ayol shifoxonada vafot etganini ma’lum qildi.

 

Xabarga ko'ra, Rossiya kuchlari tez-tez nishonga oladigan, chegaradan 30 km uzoqlikda joylashgan shaharning ikki tumaniga uyushtirilgan zarbalar natijasida yana to‘qqiz kishi jarohatlangan.

 

Prokuratura, shuningdek, chegaraga yaqinroq hududda Rossiyaning dron hujumi oqibatida mashinasida bo‘lgan erkak ham halok bo‘lganini bildirdi.

 

Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning aytishicha, Ukrainaning  dron hujjumlari oqibatida chegaraga yaqin qishloqda mototsiklda ketayotgan 18 yoshli yigit hamda Grayvoron shahrida mashinasidagi ayol vafot etgan.

 

Moskva shahar meri Sergey Sobyanin esa chorshanba kuni davomida poytaxt tomon uchib kelayotgan 17 ta Ukraina droni yo‘lda tutib olinib, yo‘q qilinganini aytdi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiyaning dron hujumlari oqibatida Ukrainada ikki kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz