O'zbekiston

1-apreldan haydovchilarning jarima ballari kamera orqali ham hisoblanadi

Shuningdek, yangi tartibga binoan jarima ballarini taqsimlash mexanizmi joriy etilmoqda.

1-apreldan haydovchilarning jarima ballari kamera orqali ham hisoblanadi

2026 yil 1 apreldan yo‘l qoidabuzarliklari uchun jarima ballari mavjud avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan holatlarda ham hisoblanadi. Bu haqda Vazirlar mahkamasining tegishli qarorida ma’lum qilindi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari endilikda faqat Yo‘l harakati xavfsizligi (YHX) xodimlari tomonidan emas, balki yo‘lga o‘rnatilgan kamera tizimlari orqali qayd etilgan taqdirda ham jarima ballariga ta’sir qiladi. Bu esa haydovchilar mas’uliyatini oshirish va qoidabuzarliklarni kamaytirishga qaratilgan.

 

Shuningdek, yangi qoidaga binoan jarima ballarini taqsimlash mexanizmi joriy etilmoqda. Agar transport vositasini mulkdori emas, balki boshqa shaxs ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasi asosida boshqargan bo‘lsa, jarima ballari aynan qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchiga yuklanadi.

 

Mazkur o‘zgarishlar yo‘llarda intizomni mustahkamlash, adolatli javobgarlikni ta’minlash va qoidabuzarliklar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.