Jahon

AQSH banknotlarida Donald Trampning imzosi tushiriladi

Bu Amerika tarixida amaldagi prezidentning imzosi milliy valyutada paydo bo‘ladigan ilk holat hisoblanadi.

AQSH banknotlarida Donald Trampning imzosi tushiriladi

AQSH Moliya vazirligi 2026-yil iyundan boshlab AQSH qog‘oz pullarida prezident Donald Trampning imzosi aks etishini ma’lum qildi. 

 

Bu Amerika tarixida amaldagi prezidentning imzosi milliy valyutada paydo bo‘ladigan ilk holat hisoblanadi.

 

Trampning imzosi moliya vaziri Skott Bessentning imzosi bilan yonma-yon joylashtiriladi. G‘aznachilik departamentining xabar qilishicha, ushbu qaror AQSH mustaqilligining 250-yilligi munosabati bilan qabul qilingan.

 

Dastlabki eskizlar bo‘yicha, Tramp va Bessentning imzolari tushirilgan 100 dollarlik kupyuralar iyun oyida chiqariladi. Keyingi oylarda esa boshqa nominallar ham muomalaga kiritiladi. Yangi banknotlarning banklar orqali keng muomalaga kirishi bir necha hafta davomida amalga oshirilishi mumkin.

 

Moliya vazirligi rasmiylariga ko‘ra, banknotlarning umumiy dizayni o‘zgarmaydi, faqat moliya vaziri imzosi o‘rniga Trampning imzosi qo‘yiladi. Shuningdek, so‘nggi 165-yil ichida birinchi marta moliya vaziri imzosi puldan olib tashlanadi.

 

Hozirda sobiq prezident Jo Bayden davridagi moliya vaziri Janet Yelen va sobiq moliya vazir Lin Malerba imzolari tushirilgan banknotlar chiqarilmoqda.

 

Bu o‘zgarish Tramp ma’muriyati va uning ittifoqchilari tomonidan prezident ismini turli davlat binolari, muassasalar, dasturlar va tangalarga kiritish borasidagi navbatdagi qadam sifatida qaralmoqda.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSH banknotlarida Donald Trampning imzosi tushiriladi | Zamon.uz