Jahon

AQShga borgan Rossiya deputatlariga Tramp tasviri tushirilgan paypoqlar sovg‘a qilindi

Tashrif AQSh Kongressi a’zosi Anna Paulina Lunaning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

AQShga borgan Rossiya deputatlariga Tramp tasviri tushirilgan paypoqlar sovg‘a qilindi

Rossiya parlament delegatsiyasi va AQSh kongressi a’zolari o‘zaro ramziy sovg‘alar almashdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, sovg‘alar qatorida AQSh prezidenti Donald Trampning tasviri tushirilgan paypoqlar hamda sovet-amerika kosmik dasturi “Soyuz – Apollon”ga bag‘ishlangan esdalik otkritkasi ham bo‘lgan.

 

Rossiya Dumasi delegatsiyasi a’zosi, iqtisodiy siyosat bo‘yicha komitet raisi o‘rinbosari Mixayil Delyagining so‘zlariga ko‘ra, dastlab AQSh tomoni sovg‘a berilishini rad qilishni so‘ragan. Biroq delegatsiya kelganida bu qaror o‘zgargan va AQSh kongressmenlari Tramp tasviri tushirilgan paypoqlar hamda kongressmen Anna Paulina Luniyaning shaxsiy jetonini sovg‘a qilishgan.

 

"Biz elchixonadan kamtarona sovg‘alarni (etikaga muvofiq) taqdim etdik, shuningdek, spiker o‘rinbosari Boris Chernishev amerikaliklarni xursand qilgan Soyuz-Apollon reysi ishtirokchilari tomonidan imzolangan otkritkani taqdim etdi", — deya ta’kidladi agentlik manbasi.

 

Tashrif AQSh Kongressi a’zosi Anna Paulina Lunaning taklifiga binoan amalga oshmoqda. Deputatlar amerikalik qonun chiqaruvchilar bilan muloqot olib boradi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQShga borgan Rossiya deputatlariga Tramp tasviri tushirilgan paypoqlar sovg‘a qilindi | Zamon.uz