Jahon

Avstraliya eronlik sayyohlar uchun kirishni vaqtincha taqiqladi

Cheklov 26-martdan kuchga kirgan bo‘lib, taxminan 6 800 nafar viza egasiga ta’sir ko‘rsatadi.

Avstraliya eronlik sayyohlar uchun kirishni vaqtincha taqiqladi

Avstraliya hukumati amaldagi vizaga ega bo‘lgan Eron fuqarolarining mamlakatga kirishini 6 oy muddatga vaqtincha taqiqladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Toni Burk bayonotiga tayanib BBC xabar berdi.

 

Mazkur qaror rasmiylarga ko‘ra, ayrim eronlik sayyohlar viza muddati tugagach mamlakatni tark etmasligi yoki qaytib keta olmasligi ehtimoli bilan izohlangan. Vazirning ta’kidlashicha, Avstraliyada doimiy qolish hukumat tomonidan nazorat qilinadigan ongli siyosiy qaror bo‘lishi kerak.

 

Cheklov 26-martdan kuchga kirgan bo‘lib, taxminan 6 800 nafar viza egasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ayrim istisnolar ham mavjud:

 

— Avstraliya fuqarolarining turmush o‘rtoqlari va farzandlariga kirishga ruxsat beriladi;

 

— Fuqarolarning ota-onalari uchun “hamdardlik asosida” alohida ko‘rib chiqish mumkin.

 

Qayd etilishicha, ushbu choralar faqat Eron fuqarolariga nisbatan qo‘llanmoqda va boshqa davlatlarga tatbiq etilmaydi. Qonun loyihasi mart oyi boshida, Eron ayollar futbol delegatsiyasining ayrim a’zolariga gumanitar vizalar berilganidan so‘ng ilgari surilgan.

 

Qaror Avstraliya ichida tanqidlarga sabab bo‘ldi. “Boshpana izlovchilar resurs markazi” vakillari va siyosatchilar, jumladan Yashillar partiyasi senatori Devid Shubrij ushbu taqiqni inson huquqlariga zid choralar sifatida baholadi.

 

Tanqidchilar fikricha, bu qaror Avstraliya hukumatining Eron aholisi xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi bayonotlariga zid keladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Avstraliya eronlik sayyohlar uchun kirishni vaqtincha taqiqladi | Zamon.uz