O'zbekiston

Buxoroda ekologiya uchun kurashayotgan yoshlar birlashdi

“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi qadimiy shaharda o‘ziga xos ruhda bo‘lib o‘tdi.

Buxoroda ekologiya uchun kurashayotgan yoshlar birlashdi

Buxoroda “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari avvalo “Boqiy Buxoro” haykali poyiga gul qo‘yib, o‘tmish, bugun va kelajak o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ramziy ifoda etdilar. Bu jarayon shunchaki marosim emas, balki tabiatga hurmat, kelajakka mas’uliyat timsoli bo‘ldi.

 

 

Ochilish marosimida yangragan fikrlar bugungi kunning eng dolzarb haqiqatini yana bir bor yodga soldi: “Bugungi kunda ekologik xavfsizlik va bar rivojlanish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi”.

 

Darhaqiqat, atrof- asrash endilikda faqat bir soha yoki tashkilot vazifasi emas — bu umumxalq mas’uliyatiga aylangan. Yangilangan Konstitutsiyada ham bu masala alohida o‘rin egallab, har bir fuqaroning sog‘lom va qulay muhitda yashash huquqi kafolatlandi.

 

Tanlovda respublikaning barcha hududlaridan kelgan jamoalar 4 yo‘nalishda o‘z iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi.

 

“Bu bizning hudud” sharti orqali ishtirokchilar o‘z yurtining ekologik holatini yurakdan his etib, muammolar va yechimlarni sahnaga olib chiqdi. Bu chiqishlarda nafaqat ma’lumot, balki vatanparvarlik va daxldorlik hissi sezildi.

 

 

“Intellektual ring” esa haqiqiy bilimlar maydoniga aylandi. Qisqa vaqt ichida berilgan savollarga javob berar ekan, yoshlar nafaqat bilimini, balki tezkor fikrlash va jamoaviy uyg‘unlikni ham namoyon etdilar.

 

“Ekologiya uchun barchamiz mas’ulmiz!” sahna ko‘rinishlari esa tomoshabinlarni befarq qoldirmadi. Chiqindilar muammosi, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi — bularning barchasi sahnada jonlandi. Har bir chiqish bir savolni o‘rtaga tashladi: biz tabiat uchun nima qilyapmiz?

 

 

Eng kutilgan bosqichlardan biri — “Eng yaxshi ekologik loyiha” esa yoshlarning kelajakka qaragan aniq qadamlarini ko‘rsatdi. Innovatsion g‘oyalar, amaliy takliflar va tashabbuslar bu tanlovni oddiy musobaqadan haqiqiy g‘oyalar platformasiga aylantirdi.

 

Tadbir yakunida kuchlilar saralandi.

 

— 1-o‘rinni Navoiy viloyatining "Ecoline" jamoasi

 

— 2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Qoratol" jamoasi 

 

— 3-o‘rinni Toshkent viloyatining "Zamin" jamoasi  qo‘lga kiritdi

 

Biroq bu tanlovda faqat g‘oliblar emas, balki har bir ishtirokchi yutdi. Shu bilan birga har bir viloyat o‘ziga xos nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.