Jahon

Donald Tramp Eron energetika obyektlariga zarba berishni yana 10 kunga to‘xtatdi

Tramp bu qaror Eronning iltimosiga ko‘ra qabul qilinganini bildirdi. Eron esa AQShga zarbalarni to'xtatish yuzasidan so'rov yubormaganini ma'lum qilgan.

Donald Tramp Eron energetika obyektlariga zarba berishni yana 10 kunga to‘xtatdi

AQSh prezidenti Donald Trump Eron bilan bog‘liq mojaro yuzasidan energetika infratuzilmasiga rejalashtirilgan zarbalarni 10 kunga vaqtincha to‘xtatib turishini ma’lum qildi. Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

 

AQSh prezidentining aytishicha, bu qaror Eron tomonining so‘roviga ko‘ra qabul qilingan. Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muzokaralar “juda yaxshi ketayotganini” bildirgan. 

 

Biroq Eron rasmiylari AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilmayotganini ma’lum qilib, Vashington takliflarini adolatsiz deb baholamoqda.

 

Wall Street Journal esa tinchlik muzokaralari vositachilariga tayanib, Eron energetika obyektlariga yo‘naltirilgan zarbalarni 10 kunga to‘xtatib turishni so‘ramaganini xabar bergan.

 

Ma’lumki, AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar natija bermagach, harbiy zarbalarni boshlagan. To‘rt haftadan buyon davom etayotgan mojaro Yaqin Sharq bo‘ylab kengayib, minglab insonlar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

 

Mojaro global iqtisodiyotga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, neft narxi qariyb 40 foizga oshgan, suyultirilgan gaz va azotli o‘g‘itlar narxlari keskin ko‘tarilgan. Fond bozorlarida ham pasayish kuzatilib, Nasdaq indeksi 2 foizdan ortiqqa tushgan, Brent markali neft narxi esa barreliga 105 dollardan oshgan.

 

Eron AQSh va Isroil zarbalariga javoban qarshi hujumlarni davom ettirmoqda. Xususan, mamlakat Isroil hududlariga, jumladan Tel-Aviv va Hayfaga bir necha bor raketa zarbalari yo‘llagan. Isroil harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, kamida bitta ballistik raketa Tel-Avivga kelib tushgan, ayrimlari esa klasterli o‘q-dorilar bilan jihozlangan bo‘lib, turar joylar va avtomobillarga zarar yetkazgan.

 

Isroil shimolidagi Nahariya shahrida Hezbollah tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

 

Eron hududida esa Bandar-Abbos shahri, Shiraz yaqinidagi hududlar hamda Isfahondagi universitet binosiga zarba berilgani xabar qilindi. Qum shahrida uchta turar joy binosiga Isroil tomonidan zarba berilishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan.

 

Mojaro fonida Hormuz bo‘g‘oziorqali o‘tuvchi energiya tashuvlari izdan chiqqan. Mazkur bo‘g‘oz orqali global neft va suyultirilgan gazning qariyb 20 foizi tashiladi. Eron ushbu yo‘nalishni amalda to‘sib qo‘ygani qayd etilmoqda. Shu bilan birga Abbos Aroqchi bog‘oz Eronga do‘st mamlakat lar uchun ochiqligini bildirgan.

 

Reuters qayd etishicha, Pentagon Yaqin Sharqqa ga qo‘shimcha 10 minggacha harbiy yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. AQSh, shuningdek, mojaro doirasida ilk bor uchuvchisiz tezkor katerlardan foydalanganini tasdiqladi.

 

AQSh tomonidan ishlab chiqilgan 15 bandli taklif Eron tomonidan rad etilgan. Ushbu rejada Tehrondan yadroviy dasturdan voz kechish, raketa salohiyatini cheklash hamda Ho‘rmuz bog‘ozi ustidan nazoratni topshirish talab qilingan.

 

Bundan tashqari, Pokistan orqali olib borilayotgan bilvosita muzokaralarda, shuningdek Turkiya va Misr vositachilik qilayotgani ma’lum qilindi.

 

Eron ham o‘z navbatida kelgusida harbiy hujumlar takrorlanmasligi bo‘yicha kafolatlar, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat masalasida o‘z talablarini ilgari surmoqda.

 

 Shuningdek, Tehron har qanday sulh kelishuviga Lebanon ham kiritilishi kerakligini bildirgan.

 

Mutaxassislar fikricha, tomonlar o‘rtasidagi keskinlik saqlanib qolsa, mojaroning yanada kengayishi global xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.