Jahon

Epshteyn ishi bo‘yicha jabrlanuvchilar AQSh Adliya vazirligi va Google’ni sudga berdi

Ular hukumatni shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish orqali jabrlanuvchilarning xavfsizligiga zarar yetkazganlikda ayblamoqda.

Epshteyn ishi bo‘yicha jabrlanuvchilar AQSh Adliya vazirligi va Google’ni sudga berdi

Moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bilan bog‘liq bir guruh jabrlanuvchilar AQSh Adliya vazirligi hamda Google kompaniyasiga qarshi jamoaviy sud da’vosi kiritdi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.

 

Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, hukumat Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarni oshkor qilish jarayonida jabrlanuvchilarning shaxsiy hayoti va xavfsizligini yetarli darajada himoya qilmagan. Aksincha, tezkor va keng ko‘lamli oshkor qilish siyosati ustuvor vazifa sifatida qo‘yilgan.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi taxminan 100 nafar jabrlanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ochiq manbalarda e’lon qilib, ularning shaxsini oshkor qilgan. Keyinchalik ushbu ma’lumotlar rasmiy yozuvlardan olib tashlangan bo‘lsa-da, jabrlanuvchilar internet platformalari, xususan Google qidiruv tizimi orqali bu ma’lumotlar qayta tarqalishda davom etayotganini bildirgan.

 

Da’vogarlarning ta’kidlashicha, shaxsiy ma’lumotlar qidiruv natijalarida hamda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontentda hamon ko‘rinmoqda. Natijada jabrlanuvchilar yana psixologik bosim va tahdidlarga duch kelmoqda: ularga noma’lum shaxslar tomonidan qo‘ng‘iroqlar qilinmoqda, elektron xatlar yuborilmoqda va ayrim hollarda jismoniy xavfsizligiga tahdidlar bildirilmoqda.

 

Jabrlanuvchilar suddan AQSh Adliya vazirligidan har biri uchun kamida 1000 dollar miqdorida kompensatsiya undirishni so‘ramoqda. Shuningdek, Google kompaniyasidan shaxsiy ma’lumotlarni darhol va to‘liq o‘chirish hamda yetarli miqdorda jarima tovon puli undirilishini talab qilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, Jeffri Epshteyn 2019-yil iyul oyida AQShda voyaga yetmagan qizlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ayblanib hibsga olingan edi. Unga qarshi jinoiy ish 2019-yil 10-avgust kuni qamoqxonada vafot etganidan so‘ng yopilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.