O'zbekiston

O‘zbekistonda 2026-yilda sinov tariqasida sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi

So‘nggi to‘qqiz yilda mamlakatda keng polosali internet qamrovi 41 foizdan 99,5 foizgacha oshgan.

O‘zbekistonda 2026-yilda sinov tariqasida sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi

Abdulla Aripov Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilgan Digital Qazaqstan‑2026 xalqaro forumida nutq so‘zlab, O‘zbekistonda raqamli transformatsiya jarayonlari hamda IT sohasidagi so‘nggi yutuqlar haqida ma’lumot berdi.

 

Bosh vazirning ta’kidlashicha, so‘nggi to‘qqiz yil davomida mamlakatda raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha muhim natijalarga erishildi. Xususan, keng polosali internet qamrovi 41 foizdan 99,5 foizgacha oshdi, tarmoq o‘tkazuvchanlik qobiliyati esa qariyb 40 barobarga ko‘paygan.

Endilikda asosiy e’tibor borish qiyin bo‘lgan chekka hududlarni zamonaviy aloqa xizmatlari bilan ta’minlashga qaratilmoqda. Shu maqsadda 2026-yilda mamlakatda sun’iy yo‘ldosh interneti texnologiyalarini sinov tariqasida ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, mazkur yo‘nalishda faoliyat yurituvchi operatorlar uchun soliq imtiyozlari paketini joriy etish ko‘zda tutilgan.

 

Forum davomida davlat boshqaruvi tizimini optimallashtirish va ma’lumotlarni markazlashtirish orqali byudjet xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishga erishilgani ham qayd etilgan. Elektron hukumat tizimlarining yagona data-markazga birlashtirilishi natijasida davlat xarajatlari qariyb 30 foizga kamaygan. Shu asosda mamlakatda yirik hisoblash klasterini ishga tushirish arafasida bo‘lib, u milliy sun’iy intellekt infratuzilmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, real sektor iqtisodiyotiga “aqlli” texnologiyalarni joriy etish ishlari ham jadallik bilan davom etmoqda. Xususan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasida 60 dan ortiq tizim hamda 20 mingga yaqin datchikni o‘z ichiga olgan raqamli monitoring tizimi joriy etilgan.

Mazkur yechim ishlab chiqarish jarayonlarini real vaqt rejimida tahlil qilish imkonini bermoqda.

 

Bundan tashqari, mamlakatda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish maqsadida maxsus alyans tashkil etilib, 19 ta ilmiy-o‘quv laboratoriyasini ochish rejalashtirilgan.

 

Texnologik tadbirkorlik yo‘nalishida ham ijobiy o‘sish kuzatilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 800 ga yaqin startap faoliyat yuritmoqda, ularning 60 tasi xalqaro bozorlarga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Venchur fondlar kapitali 350 million dollarga yaqinlashgan bo‘lsa, startap ekotizimining umumiy qiymati 4 milliard dollarga yetgan.

 

Shuningdek, Jahon banki bahosiga ko‘ra, davlat boshqaruvining raqamli yetukligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyo mamlakatlari orasida 9-o‘rinni egallagan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.