O'zbekiston

O‘zbekistonda jurnalist va blogerlar uchun “Media haftalik” ta’limiy loyihasi start oldi

Loyiha respublika bo‘ylab qariyb 12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi.

O‘zbekistonda jurnalist va blogerlar uchun “Media haftalik” ta’limiy loyihasi start oldi

O‘zbekistonda jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblari uchun mo‘ljallangan yirik ta’limiy-amaliy loyiha — “Media haftalik” boshlandi. Kontent markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan loyiha zamonaviy media muhitidagi tezkor o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellekt rivoji, shuningdek, feyk xabarlar oqimi sharoitida soha vakillarining kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

 

Mazkur loyiha respublika bo‘ylab 12,5 mingga yaqin ishtirokchini qamrab olishi kutilmoqda. Dastur doirasida joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar barcha hududlarda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkaziladi.

 

Treninglar davomida mamlakatning yetakchi media ekspertlari, muharrirlar va prodyuserlar ishtirokida kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM, strategik kommunikatsiyalar kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashr vakillari, blogerlar hamda davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda olib boriladi.

O‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilar real media keyslar asosida ishlash, professional xatolarni tahlil qilish hamda zamonaviy media yondashuvlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Treninglar yakunida qatnashchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

 

Media-estafetaning ilk bosqichi 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanadi. Har bir hududdagi o‘quv dasturi yakunida soha vakillarini birlashtiruvchi yirik Media forum tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

 

Hududlar kesimida “Media haftalik” o‘tkazilish sanalari:

 

30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 

6-aprel – 10-aprel: Xorazm viloyati

 

13-aprel – 17-aprel: Surxondaryo viloyati

 

20-aprel – 24-aprel: Qashqadaryo viloyati

 

27-aprel – 1-may: Samarqand viloyati

 

4-may – 8-may: Navoiy viloyati

 

11-may – 15-may: Buxoro viloyati

 

18-may – 22-may: Farg‘ona viloyati

25-may – 29-may: Namangan viloyati

 

1-iyun – 5-iyun: Andijon viloyati

 

8-iyun – 12-iyun: Jizzax viloyati

 

15-iyun – 19-iyun: Sirdaryo viloyati

 

22-iyun – 26-iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahri

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda jurnalist va blogerlar uchun “Media haftalik” ta’limiy loyihasi start oldi | Zamon.uz