O'zbekiston

O‘zbekistonda san’atkorlardan har bir xizmat uchun soliq undirilishi mumkin

To‘lov miqdori san’atkorning reytingi va xizmat ko‘rsatish hududiga qarab belgilanadi.

O‘zbekistonda san’atkorlardan har bir xizmat uchun soliq undirilishi mumkin

O‘zbekistonda 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab san’atkorlar va boshlovchilar ko‘rsatadigan barcha xizmatlarni “Soliq” ilovasida ro‘yxatga olish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 26-martdan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasida ma’lum qilindi.

 

Qaror loyihasiga ko‘ra, ijrochilar 2026-yil 1-sentyabrdan 2029-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashni “bir xizmat – bir to‘lov” tamoyili asosida ilovaga muvofiq qat’iy miqdorlarda amalga oshiradi. Bundan mehnat shartnomasi asosida mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ijodiy faoliyat olib borayotgan ijrochilar mustasno.

 

2029-yil 1-yanvardan esa ijrochilarning ijodiy faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi shartnoma qiymatidan kelib chiqqan holda, biroq qat’iy miqdorlardan kam bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.

 

Xizmat deganda restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko‘rsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to‘ylarda (FHDYdagi marosim, osh berish, kechqurungi nikoh tuzish — nikoh to‘yi, kelinsalom), sunnat to‘yi marosimiga xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar tashkilotlarda — klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat ko‘rsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, dijey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalar) tushuniladi.

 

To‘lov miqdori ijrochining reytingi va xizmat ko‘rsatish hududiga (Toshkent shahri, viloyat markazlari yoki qishloq joylari) qarab belgilanadi. 

 

Ushbu to‘lovlar ijrochi tomonidan ko‘rsatiladigan har bir xizmat uchun, jumladan bepul xizmat ko‘rsatilganda ham undiriladi hamda uning miqdori tegishli ma’lumotlar mobil ilovada ro‘yxatga olingan kunda amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Madaniyat vazirligi tomonidan davlat tadbirlariga bepul jalb qilingan hollar bundan mustasno.

 

Ijrochilar tomonidan xizmat ko‘rsatish joyi, sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mobil ilovada aks ettirish tartibida amalga oshiriladi. Mobil ilovada ijrochilar tomonidan tegishli ma’lumotlar kiritilgandan va belgilangan miqdordagi to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng avtomatik tarzda elektron ma’lumotnoma shakllantiriladi.

 

2026-yil 1-sentyabrga qadar mobil ilovada quyidagi imkoniyatlar yaratiladigan maxsus modul ishga tushiriladi:

 

• xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni soddalashtirilgan tarzda elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tadbirlarni onlayn band qilish;

 

• to‘lovlarni elektron hamyonlarga to‘lash;

 

• ko‘rsatilgan konsert-tomosha xizmatlarini soliq organlarida hisobda qo‘yilganligini tekshirish va huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish;

 

• konsert-tomosha ijrochilarining xizmatlari bo‘yicha o‘rtacha narxlar katalogini shakllantirish;

 

• konsert-tomosha ijrochilari tomonidan o‘z xizmatlari bo‘yicha narxlar ro‘yxatini (prayslist) mazkur ilovada shaffof tarzda e’lon qilib borish va doimiy yangilab borish.

 

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchilar uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tartibi tatbiq etilmaydi.

 

Konsert-tomosha xizmatlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar soliq organlarining mobil ilovasiga kiritilmagan va belgilangan to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda ushbu xizmat soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb e’tirof etiladi hamda 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab ijrochilarga va ijodiy guruhlarga nisbatan shartnomalarning o‘rtacha qiymatining 20 foizi miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan (8 mln 420 ming so‘mdan) kam bo‘lmagan summada jarima qo‘llaniladi.

 

Ushbu huquqbuzarlik haqida xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu ma’lumot asosida o‘tkazilgan tekshirish yakuniga ko‘ra huquqbuzardan undirilgan jarima summasi hisobidan qo‘llanilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.

 

Madaniyat vazirligining hududiy bo‘limlari mahalla soliq inspektori bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan hududda joylashgan to‘y-marosimlar o‘tkaziladigan joylar, restoranlar, konsert zallari, stadionlar, klublar, diskotekalar, kafe-barlarda, tantanalar zallari hamda hudud bo‘yicha ijrochilarning qonuniy asosda ijodiy xizmat ko‘rsatayotganini muntazam nazorat va monitoring olib boradi.

 

2029-yil 1-yanvardan boshlab konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi ijrochilar va ijodiy jamoa tomonidan faqat naqdsiz to‘lov amalga oshiriladi. Loyihaga ko‘ra, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini olish uchun davlat boji har ikki yil uchun bir marotaba undiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda san’atkorlardan har bir xizmat uchun soliq undirilishi mumkin | Zamon.uz