Jahon

Pokiston Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalarini qayta boshladi

Islomobod harbiy amaliyotlar belgilangan maqsadlarga erishilgunga qadar davom etishini ma’lum qildi.

Pokiston Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalarini qayta boshladi

Pokiston hukumati Afg'oniston hududida harbiy operatsiyalar qayta boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Pokiston Tashqi ishlar vazirligi 26-mart kuni bergan bayonotida ma’lum qildi deydi Reuters.

 

Rasmiylarga ko‘ra, Ramazon hayiti munosabati bilan e’lon qilingan vaqtinchalik sulh muddati yakunlangan va uzoq muddatli kelishuvga erishish bo‘yicha urinishlar natija bermagan. Shu sababli harbiy harakatlar yana davom ettirilmoqda.

 

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Tohir Andrabiyning ta’kidlashicha, operatsiyalar belgilangan strategik maqsadlarga erishilgunga qadar davom etadi.

So‘nggi voqealar qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashganini ko‘rsatmoqda.

Mojaroning faol bosqichi o‘tgan oy boshlangan bo‘lib, to‘qnashuvlar ikki tomon uchun ham jiddiy yo‘qotishlarga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

 

Kobul rasmiylarining ma’lum qilishicha, 16-mart kuni Pokiston tomonidan amalga oshirilgan havo zarbasi natijasida poytaxt Kobuldagi reabilitatsiya markazida 400 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Islomobod esa bu ayblovlarni rad etib, zarbalar faqat terrorchi guruhlar bilan bog‘liq harbiy obyektlar va infratuzilmaga qaratilganini bildirmoqda.

 

Pokiston tomoni Tolibon nazoratidagi Afg‘oniston ma’muriyatini o‘z hududida faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda. Kobul esa bunday da’volarni rad etib, mazkur muammo Pokistonning ichki xavfsizlik masalasi ekanini ta’kidlamoqda.

 

Avvalroq Turkiya, Qatar va Saudiya Arabistoni vositachiligida erishilgan sulh 24-mart kuni tugagan edi. Islomobod rasmiylari Afg‘oniston tomoni xavfsizlik siyosatini qayta ko‘rib chiqmaguncha harbiy operatsiyalar davom etishini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.