Jahon

Putin tadbirkorlarni urushni ixtiyoriy moliyalashtirishga chaqirdi — The Bell

Ukrainaga qarshi urushga mablag‘ ajratish tashabbusi “Rosneft” rahbari Igor Sechin tomonidan ilgari surilgani aytilmoqda.

Putin tadbirkorlarni urushni ixtiyoriy moliyalashtirishga chaqirdi — The Bell

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yirik biznes vakillari bilan o‘tkazilgan yopiq uchrashuvda urushni davom ettirish va uni moliyalashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda manbalariga tayanib, The Bell xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi qurultoyidan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Oddiy hollarda bunday muloqotlar mazmuni oshkor etilmaydi, so‘nggi yillarda esa ishtirokchilar ro‘yxati ham maxfiylashtirilgan.

 

Manbalarga ko‘ra, Putin uchrashuvda urushni davom ettirish rejalari haqida gapirgan. Xususan, u “urushni davom ettiramiz” va “Donbass chegaralarigacha boramiz” mazmunida fikr bildirgani aytilmoqda.

 

Shundan so‘ng prezident biznes vakillariga davlat byudjetiga ixtiyoriy badallar kiritishni taklif qilgan. Manbalardan biriga ko‘ra, bunday tashabbus “Rosneft” rahbari Igor Sechin tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, Sechin bu haqda bir kun avval Putinga maktub yo‘llagan. Mablag‘ jalb qilish vositasi sifatida harbiy obligatsiyalar chiqarish taklif etilgan.

 

Ayrim biznesmenlar uchrashuvning o‘zidayoq tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Xususan, Suleymon Kerimov 100 milliard rubl ajratishga va’da bergani aytilmoqda. Yana kamida bir yirik tadbirkor ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan, ammo mablag‘ miqdorini ochiqlamagan.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Putin tadbirkorlarni urushni ixtiyoriy moliyalashtirishga chaqirdi — The Bell | Zamon.uz