O'zbekiston

Toshkent viloyatida ayol kishi bo‘lgani uchun bir fuqaro ishga olinmadi

Ayol ombudsmanga murojaat qilgach, uning mehnat huquqlari tiklandi.

Toshkent viloyatida ayol kishi bo‘lgani uchun bir fuqaro ishga olinmadi

Toshkent viloyatida ishga qabul qilish jarayonida jinsiga ko‘ra kamsitishga duch kelgan ayolning mehnat huquqlari tiklandi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.Y. 2026-yil yanvar oyida iqtisodiy sohadagi tashkilotlardan biriga ishga joylashish uchun suhbatdan o‘tgan, ariza topshirgan va elektron shartnomani imzolagan. Shundan so‘ng uni ishga qabul qilish bo‘yicha buyruq chiqishi kutilgan.

 

Biroq keyinchalik unga ushbu lavozimga ayol kishi qabul qilinmasligi bildirilgan. Murojaatchi bu qaror uning malakasi yoki ish tajribasi bilan emas, balki jinsi bilan bog‘liq bo‘lganini ta’kidlagan.

 

Xabarga ko‘ra, holat Konstitutsiyada belgilangan tenglik tamoyillari hamda kamsitishlarsiz mehnat qilish huquqiga zid hisoblanadi. Mazkur murojaat nazoratga olinib, Ombudsmanning hududiy vakili va Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari ishtirokida o‘rganildi.

 

O‘rganishlar natijasida fuqaroning mehnat huquqlari tiklanib, u tegishli lavozimga ishga qabul qilindi.

 

Ombudsman ish beruvchilarni nomzodlarni jinsiga qarab emas, balki ularning kasbiy malakasi va salohiyatiga qarab baholashga chaqirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida ayol kishi bo‘lgani uchun bir fuqaro ishga olinmadi | Zamon.uz