O'zbekiston

Toshkentda yangi sanoat zonalarini tashkil etishga moratoriy joriy etiladi

Loyiha doirasida atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar hajmini 10,5 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda.

Toshkentda yangi sanoat zonalarini tashkil etishga moratoriy joriy etiladi

O‘zbekistonda atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” milliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Hujjatga muvofiq, 2026–2030-yillarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash bo‘yicha qator ustuvor vazifalar belgilandi. Xususan, atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 10,5 foizga kamaytirish, transport vositalaridan chiqayotgan zararli moddalar miqdorini 10 foizga qisqartirish, shuningdek, PM2.5 zarrachalari me’yoridan oshib ketadigan kunlar sonini kamaytirish ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, atrof-muhitga ta’sir darajasi bo‘yicha I va II toifadagi sanoat korxonalarida avtomatik monitoring stansiyalari hamda chang va gazni tozalash uskunalarini o‘rnatish majburiy etib belgilanadi. Bu orqali sanoat korxonalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar ustidan nazoratni kuchaytirish rejalashtirilgan.

 

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahrida yangi sanoat zonalarini tashkil etishga noma’lum muddatga moratoriy joriy etiladi. Mazkur cheklov xizmat ko‘rsatish yoki moliyaviy xizmatlarga asoslangan zonalarga tatbiq etilmaydi.

 

Bundan tashqari, Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha faoliyat yuritayotgan maxsus komissiya vakolatlari 2027-yil 1-martgacha uzaytirildi. Komissiya bundan buyon “Atrof-muhit holatini yaxshilash bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi” nomi bilan faoliyat yuritadi.

 

“Toza havo” milliy loyihasi bosqichma-bosqich hududlarda joriy etiladi. Jumladan, 2026-yil 1-iyulgacha Farg‘ona viloyati, Andijon viloyati va Namangan viloyatida; 1-avgustgacha Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Jizzax viloyati hamda Samarqand viloyatida; 1-oktabrgacha Qashqadaryo viloyati, Surxondaryo viloyati, Navoiy viloyati va Buxoro viloyatida; 1-dekabrgacha esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, sanoat korxonalarida chang va gazni tozalash, energiya tejamkor uskunalar o‘rnatish, avtomatik monitoring tizimlarini joriy etish hamda yashil texnologiyalarni keng qo‘llashga alohida e’tibor qaratiladi. Tijorat banklari ushbu uskunalarni xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratishi belgilangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda yangi sanoat zonalarini tashkil etishga moratoriy joriy etiladi | Zamon.uz