Jahon

Xitoy Tayvan bo‘g‘ozi yaqinidagi bazalariga dronlar joylashtirdi

Dronlar Tayvanga hujumning dastlabki bosqichida havo mudofaasini zaiflashtirish uchun ishlatilishi mumkin.

Xitoy Tayvan bo‘g‘ozi yaqinidagi bazalariga dronlar joylashtirdi

Mitchell Aerospace Studies instituti ning yangi hisobotida qayd qilinishicha, Xitoy ovozdan tez uchadigan (supersonic) eski qiruvchi samolyotlarni jangovar dronlarga aylantirib, ularni Tayvan bo‘g‘ozi yaqinidagi oltita havo bazasiga joylashtirdi.

 

China Airpower Tracker'ning fevral oyidagi hisobotidagi sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, ushbu havo maydonlarida J-6 qiruvchi samolyotlar shakliga mos keluvchi, qisqa qanotli samolyotlar qatori ko‘rinadi. Ushbu J-6 samolyotlari dastlab 1960-yillarda Xitoy havo kuchlarida foydalanilgan. Samolyotlar dronlarga aylantirilgandan so‘ng, ularning Fujian viloyatidagi beshta va Guangdong viloyatidagi bitta bazada mavjudligi aniqlangan.

 

Mitchel instituti katta ilmiy xodimi J. Maykl Dam Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (PLA) Tayvan bo‘g‘ozi yaqinidagi havo maydonlariga taxminan 200 yoki undan ortiq eski qiruvchilarni dronlarga aylantirib joylashtirganini aytmoqda.

 

Damning Reuters agentligiga bildirishicha, bu samolyotlar Tayvanga hujumning dastlabki bosqichida nishonlarga zarba berish uchun ishlatilishi mumkin. Ular mustaqil yoki masofadan boshqariladigan dronlar sifatida emas, balki kruiz raketalari kabi ishlatiladi.

 

Tayvan Mudofaa vazirligi vakillariga ko‘ra, bu dronlarning asosiy maqsadi Tayvan havo mudofaasini hujumning dastlabki to‘lqinidayoq charchatishdir. Tayvan harbiylari Xitoy dronlariga qarshi kurashda qimmat raketalarni ishlatish xarajatini hisobga olmoqda. Shu bois, Tayvanga dronlarni uzoqdan yo‘q qilish mablag‘ va samaradorlik masalasini keltirib chiqaradi. Bu esa harbiylar uchun strategik hisob-kitoblarni talab qilmoqda va dronlarga qarshi yangi tizimlarni tezda sotib olish rejasini shakllantirishga sabab bo‘lmoqda.

 

Xitoyning bu dronlari eng ilg‘or UAV’lar qatoriga kirmasa-da, ularni yo‘q qilish qimmatga tushadi. 

 

Avstraliyalik mutaxassis Piter Leytonning ta’kidlashicha, Xitoy Tayvanga qarshi urushda katta hujum to‘lqinini ishga solishi mumkin: qiruvchi samolyotlar, turli trayektoriyalarda uchuvchi raketalar va tez va sekin dronlar bir vaqtning o‘zida harakat qiladi, bu esa havo mudofaasida murakkab vaziyat yaratadi.

 

Ikki dvigatelli J-6 samolyoti 1950-yillardagi Sovet Mig-19 qiruvchisidan olingan. 1990-yillarning o‘rtalarigacha Xitoy havo kuchlarining asosiy qismi hisoblangan. 500 dan ortiq J-6 samolyotlari dronlarga aylantirilgan, ularning dron varianti J-6W deb ataladi.

 

Changchun Air Show da namoyish etilgan J-6 droni to‘pponchalar va boshqa jihozlardan mahrum qilinib, avtomatik uchish boshqaruvi va yer bilan moslashuv navigatsiya tizimi bilan jihozlangan. Birinchi muvaffaqiyatli parvozi 1995 yilda amalga oshirilgan. Dron jangovar samolyot sifatida yoki o‘quv maqsadida ishlatilishi mumkin.

 

Demga ko‘ra, Tayvan bo‘g‘ozi yaqinidagi bazalardagi dronlar Xitoy tomonidan dastlabki soatlarda ishga tushiriladi. Chunki mojaro yuz bergan taqdirda, J-6 dronlari joylashtirilgan va Tayvan bo‘g‘oziga eng yaqin bo‘lgan Xitoy aerodromlari Tayvan hamda uning ittifoqchilarining qarshi hujumlariga nisbatan zaif bo‘lib qoladi. 

 

Tayvan mudofaa vazirligi Reuters agentligiga o‘zining Milliy mudofaa va xavfsizlik tadqiqotlari instituti tahlil markazining 2022-yilgi hisobotiga havola qildi, unda bu dronlar "e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan assimetrik urush shakli" deb ta’riflangan.

 

Mutaxassislar Xitoy hozirda yangi UAV’larni, shu jumladan samolyot tashuvchi kema orqali ishlashga mo‘ljallangan yashirin jangovar dronlarni ishlab chiqayotganini va dronlardan Tayvanga bostirib kirishni mashq qilishda foydalanayotganini ma’lum qilishdi.

 

Xitoy Mudofaa vazirligi va Tayvan ishlari boshqarmasi ushbu xabar bo‘yicha savollarga javob bermadi. Pentagon ham izoh berish so‘roviga javob bermadi

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Xitoy Tayvan bo‘g‘ozi yaqinidagi bazalariga dronlar joylashtirdi | Zamon.uz