O'zbekiston

Yashillikni oshirishga hissa qo‘shganlar uchun maxsus maqomlar joriy etiladi

Shuningdek, kamida beshta “yashil bog‘” yoki jamoat parki barpo etgan shaxslar “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Yashillikni oshirishga hissa qo‘shganlar uchun maxsus maqomlar joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini oshirishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, 2028-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida kamida 100 gektardan iborat yangi botanika va dendrologiya bog‘lari tashkil etiladi. 2030-yilgacha esa mamlakatdagi umumiy yashillik darajasini 14,2 foizdan 30 foizga yetkazish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil hududlarni 9–10 kvadrat metrgacha kengaytirish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, zararli PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini 20–25 foizga kamaytirish hamda iqlimi og‘ir hududlarda havo haroratini o‘rtacha 1,5–2 darajaga pasaytirish asosiy vazifalar qatoriga kiritilgan.

 

Farmonga ko‘ra, dendrologiya bog‘lari maqomi botanika bog‘lariga tenglashtiriladi va ular muhofaza etiladigan tabiiy hudud sifatida e’tirof etiladi. Ushbu bog‘lar uchun ajratiladigan yer maydonlari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi yo‘qotishlar uchun to‘lovlardan ozod qilinadi. Ularni xususiylashtirish, begonalashtirish yoki hududini qisqartirish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Bog‘lar Ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazilib, ilmiy, o‘quv va tajriba bazasi sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari, ular “Green University” va “yashil” texnikumlar uchun ham amaliy platforma vazifasini bajaradi.

 

2027-yildan boshlab har bir hududdan botanika va dendrologiya bog‘lariga “yashillik elchilari” biriktiriladi. Ular yashil hududlar holatini monitoring qilish, ekologik tadbirlarda ishtirok etish va moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi.

 

Farmon bilan “Yashil bilet” tizimi ham joriy etilmoqda. Mazkur tizim orqali transport vositalari va mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonidagi karbon izi hisoblab chiqiladi hamda fuqarolarga ekologik zararlarni kompensatsiya qilish imkoniyati yaratiladi. Ushbu mablag‘lar faqat daraxt ekish va parvarishlashga yo‘naltiriladi.

 

Bundan tashqari, “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shayotgan fuqarolar va tadbirkorlar rag‘batlantiriladi.

Xususan:

 

— Kamida 100 tup daraxt ekkan shaxslarga “ekofaol fuqaro” maqomi;

 

— Kamida 1000 tup daraxt ekishni tashkil etgan tadbirkorlarga “Eko-hamkor” maqomi;

 

— 50 ming tupdan ortiq ko‘chat ekishga hissa qo‘shganlarga “Metsenat” unvoni beriladi.

 

Shuningdek, kamida beshta “yashil bog‘” yoki jamoat parki barpo etgan shaxslar “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda yashil hududlarni kengaytirish, ekologik muvozanatni tiklash va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Yashillikni oshirishga hissa qo‘shganlar uchun maxsus maqomlar joriy etiladi | Zamon.uz