O'zbekiston

Zapravkalarda naqd pulsiz to‘lov qilishda muammo bo‘lmasligi uchun sharoit yaratiladi — Markaziy bank

2025 yilda jamoat transportida jami 692 million tranzaksiya amalga oshirilgan.

Zapravkalarda naqd pulsiz to‘lov qilishda muammo bo‘lmasligi uchun sharoit yaratiladi — Markaziy bank

2025 yilda jamoat transportida jami 692 million tranzaksiya amalga oshirilgan. Bu haqda ayrim to‘lovlarni naqdsiz shaklda amalga oshirish tartibi yuzasidan o‘tkazilgan media muloqotda qatnashgan Zamon.uz muxbiri xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yildagi 510 million tranzaksiyaga nisbatan 36 foizga ko‘p. Transport kartalari orqali 213 million tranzaksiya qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 52 foizga oshgan.

 

Undan tashqari, mobil ilovalar va virtual kartalar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar 234 foizga keskin ko‘paygan. Bu transport sohasida raqamli to‘lov tizimlari keng joriy etilayotganini ko‘rsatadi.

 

 2025 yilning birinchi yarmida yo‘lovchilar oqimi ham oshib, jamoat transportidan foydalanganlar soni 206 millionni tashkil etgan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 48 millionga yoki 31 foizga ko‘p.

 

Umuman olganda, mamlakat bo‘yicha ham to‘lovlar hajmi oshgan. 2025 yilda aholiga amalga oshirilgan to‘lovlar 692 milliard so‘mni tashkil etib, bu 2024 yilga nisbatan 16 foizga ko‘p. Naqd pul yechib olish darajasi esa 13–14 foiz atrofida shakllangan.

 

Transportda naqdsiz tizim joriy etilishi aholining ushbu tizimga tez moslashganini ko‘rsatmoqda.

 

“Naqd pul bekor qilinganidan keyin aholi tez va tabiiy ravishda raqamli to‘lovlarga moslashgan. Transport vositalari uchun naqdsiz hisob-kitoblar fuqarolar uchun hech qanday noqulaylik keltirmadi”, — dedi Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Nodirbek Saydullayev.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Zapravkalarda naqd pulsiz to‘lov qilishda muammo bo‘lmasligi uchun sharoit yaratiladi — Markaziy bank | Zamon.uz