O'zbekiston

Andijonda xonadonida qalbaki dori vositalari ishlab chiqargan shaxslar ushlandi

Shuningdek, 163 xil turdagi 286 ming 676 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilindi.

Andijonda xonadonida qalbaki dori vositalari ishlab chiqargan shaxslar ushlandi

Andijonda yashash xonadonida dori vositalarini noqonuniy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Andijon va Asaka shaharlari hamda Asaka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda shubha ostiga olingan 3 nafar shaxslarning o‘zaro kelishib, yashash xonadonlarida dori vositalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yashirin laboratoriya va sexlar tashkil qilgani aniqlandi.

 

Xonadonlarni ko‘zdan kechirish davomida qalbaki dori vositalari, ularni ishlab chiqarish uchun uskunalar, bo‘sh flakonlar, etiketkalar, yo‘riqnomalar, dori qadoqlashda foydalaniladigan anjomlar, turli muhrlar va boshqa anjomlar topilgan.

 

Dastlabki tahlillarga ko‘ra, qo‘lbola tarzda dori vositalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yashirin sexlardan qiymati 1 mlrd 250 mln so‘mlik 4 dona uskuna, 6 dona muhr, 4 turdagi 214 ming dona bo‘sh flakon va idishlar,  turli etiketka va yo‘riqnomalar, ularni qadoqlashga xizmat qiluvchi anjomlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Shuningdek, 163 xil turdagi 286 ming 676 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilingan.

 

Olib qo‘yilgan “Tivortin”, “Layboten”, “Revarton”, “Diprospan”, “Riyabolel” “Sefazolin”, “Streptomitsin” “Ampsillin” kabi qo‘lbola dori vositalarining asl nusxalari qiymati farmatsevtika bozorida o‘rtacha 10 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.

 

Qayd etilishicha, qalbaki mahsulotlar muomalaga kirganida, intellektual mulk egalariga iqtisodiy zarar yetib, 200 mingdan ortiq bemorlarning salomatligiga jiddiy xavf tug‘ilar edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda xonadonida qalbaki dori vositalari ishlab chiqargan shaxslar ushlandi | Zamon.uz