Jahon

AQSh bo‘ylab Trampga qarshi namoyishlar bo'lib o'tadi

Namoyishlar Eronni bombardimon qilishga qarshi chaqiriq sifatida o‘tkazilmoqda.

AQSh bo‘ylab Trampga qarshi namoyishlar bo'lib o'tadi

AQSh bo‘ylab prezident Donald Tramp va uning ma’muriyatiga qarshi “No Kings” (“Qirollarga yo‘q”) namoyishlari o‘tkaziladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Tashkilotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, barcha 50 ta shtatda 3,200 dan ortiq namoyishlar rejalashtirilgan bo‘lib, bu tarixdagi eng yirik bir kunlik tinch namoyish bo‘lishi mumkin.

 

Asosiy mitinglar Nyu-York, Los-Anjeles, Vashington va Minnesota shtatining Minneapolis-Sent Pol hududida o‘tkaziladi, ammo ishtirokchilarning uchdan ikki qismi yirik shahar markazlaridan tashqaridan kelishi kutilmoqda. Indivisible guruhi rahbari Lih Grinbergning so‘zlariga ko‘ra, harakatning muvaffaqiyati faqat ishtirokchilar sonida emas, balki ular qayerda namoyish qilayotganida ham namoyon bo‘ladi. Chunki Aydaho, Vayoming, Montana va Yuta kabi respublikachi shtatlarda tadbirlarni tashkil qilayotgan va ishtirok etishga ro‘yxatdan o‘tgan odamlar soni oshgan.

 

Namoyishlar AQSh va Isroil tomonidan Eronni bombardimon qilishga qarshi chaqiriq sifatida o‘tkazilmoqda. 

 

ACLU rahbari Dirdre Shifelingning aytishicha, prezident Trampning hokimiyatni suiiste’mol qilishiga qarshi namoyishlar amalda natija beradi va ularni orqaga chekinishga majbur qiladi.

 

Oq uy vakili Ebigeyl Jekson esa mitinglarni “Trampni yoqtirmaydiganlar”ning asabiy reaksiyasi deb atab, faqat jurnalistlar uchun qiziq ekanini bildirdi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh bo‘ylab Trampga qarshi namoyishlar bo'lib o'tadi | Zamon.uz