Jahon

Avstraliya osmoni qizil tusga kirdi

G‘arbiy Avstraliyada “Narell” sikloni vayronagarchiliklarga sabab bo'ldi.

Avstraliya osmoni qizil tusga kirdi

G‘arbiy Avstraliyaning shimoli-g‘arbiy hududlarida kuzatilayotgan kuchli tropik “Narell” sikloni zaiflashayotganiga qaramay, jiddiy talafotlar keltirib chiqarmoqda. Mutasaddilar ekstremal ob-havo sharoiti hali yakunlanmaganini ma’lum qilmoqda.

 

Siklon Eksmaus shahrida keng ko‘lamli zarar yetkazgan. Mahalliy aholi tun davomida boshpanalarda qolishga majbur bo‘lgan. Ayni paytda tabiiy ofat shtatning Mid-Vest hududi tomon ichkariga siljimoqda.

 

Meteorologiya byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Gazkoyn va Mid-Vest qirg‘oq hududlarining katta qismi xavf ostida qolmoqda. Siklon kuchsizlanayotganiga qaramay, Denamgacha bo‘lgan hududlarga sezilarli zarar berishi mumkin.

 

Prognozlarga ko‘ra, hududda kuchli shamol, jala yomg‘ir hamda Onslou va Denam oralig‘idagi qariyb 800 kilometrli qirg‘oq chizig‘ida xavfli suv ko‘tarilishi ehtimoli mavjud.

 

Infratuzilma jiddiy zarar ko‘rdi

 

Siklon Eksmaus hududidan o‘tishi vaqtida shamol tezligi soatiga 250 kilometrgacha yetgan. Natijada ayrim binolarning tomlari uchib ketgan, elektr va suv ta’minoti uzilgan. Shahardagi evakuatsiya markazining ham tom qismi shikastlangan. U yerda 40 ga yaqin aholi vaqtinchalik boshpana olgani taxmin qilinmoqda.

 

Shimolda joylashgan Onslou shahrida esa ko‘chalar suv ostida qolgan, uy-joylarga suv kirgani haqida xabarlar bor. Rasmiylarga ko‘ra, hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

 

Favqulodda vaziyat sabab hududdagi yo‘llar yopilgan, aviaqatnovlar to‘xtatilgan, maktablar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan va kon korxonalaridagi ishchilar evakuatsiya qilingan.

 

Suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

 

Eksmaus va Onslou aholisi zarur bo‘lmagan suv iste’molini cheklashga chaqirilgan. Elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab Ekmausda suv bosimi pasayishi va uzilishlar kuzatilishi mumkin.

 

Onslouda esa suv quvurlariga yetgan zarar tufayli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, bu esa yirik suv zaxiralariga ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Mutaxassislar vaziyatni murakkab deb baholamoqda, biroq ta’mirlash ishlari tezkorlik bilan olib borilayotgani qayd etildi.

 

Siklon keng hududlarga yoyilishi mumkin

 

Rasmiylar siklon ta’siri Perz shahri va janubi-g‘arbiy hududlargacha yetib borishi mumkinligini bildirmoqda. Ushbu hududlarda yaqin kunlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

 

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, yog‘ingarchilik miqdori 50 millimetrdan oshishi mumkin, biroq kuchli shamollar ehtimoli nisbatan past.

 

Shu bilan birga, Kalbarri va Geraldton hududlarida kuchli shamol kuzatilishi mumkin, eng katta xavf esa ichki hududlarga to‘g‘ri kelishi prognoz qilinmoqda.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.