Jahon

Bank of America Epshteyn jabrlanuvchilarining da’vosini hal qilish uchun 72,5 million dollar ajratadi

Bank Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq shubhali moliyaviy operatsiyalarni e’tiborsiz qoldirganlikda ayblangan.

Bank of America Epshteyn jabrlanuvchilarining da’vosini hal qilish uchun 72,5 million dollar ajratadi

AQShning yirik moliyaviy institutlaridan biri Bank of America Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari tomonidan kiritilgan fuqarolik da’vosini hal qilish uchun 72,5 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda sud hujjatlariga tayanib Reuters xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tomonlar joriy oy boshida kelishuvga erishganini Manhettendagi AQSh okrug sudi sudyasi Jed Rakoffga bildirgan, biroq bitim shartlari oshkor etilmagan edi. Endilikda kelishuv sud tasdig‘idan o‘tishi kerak.

 

Bank vakili bayonotida muassasa ilgari bildirilgan pozitsiyasida qolishini, ya’ni odam savdosi jinoyatlariga ko‘maklashmaganini ta’kidladi. Shu bilan birga, kelishuv masalani yakunlash va da’vogarlar uchun muayyan darajada qoniqarli yechim taqdim etishini qayd etdi.

 

Da’vogarlar manfaatlarini himoya qilayotgan advokatlar David Boys va Bredli Edvards ushbu kelishuv jabrlanuvchilar uchun eng maqbul variant ekanini bildirgan. Ularning ta’kidlashicha, ko‘plab da’vogarlar uzoq yillar avval zarar ko‘rgan va hozir moliyaviy yordamga muhtoj. Sud hujjatlariga ko‘ra, advokatlar kompensatsiyaning 30 foizigacha qismini, ya’ni taxminan 21,8 million dollarni xizmat haqi sifatida talab qilishi mumkin.

 

Dastlabki da’vo 2024-yil oktabr oyida “Jeyn Doe” taxallusi ostida berilgan bo‘lib, unda Bank of America Jeffri Epshtein bilan bog‘liq shubhali moliyaviy operatsiyalarni e’tiborsiz qoldirgani, foydani jabrlanuvchilar xavfsizligidan ustun qo‘ygani aytilgan.

 

Bank esa o‘z navbatida, faqat odatiy bank xizmatlari ko‘rsatilganini, mijozlarning o‘sha paytda Epshteyn bilan aloqasi haqida ma’lumotga ega bo‘lmaganini bildirgan hamda ayblovlarni rad etgan.

 

Sudya Jed Rakoff yanvar oyida bank da’vogar tomonidan ilgari surilgan ayblovlar, Epshteynning jinsiy ekspluatatsiya tarmog‘idan bilib turib foyda ko‘rgani va tegishli qonun ijrosiga to‘sqinlik qilgani, yuzasidan sud jarayonida javob berishi kerakligi haqida qaror chiqargan.

 

Ish materiallarida Apollo Global Management hammuassisi Liyon Blek tomonidan Epshteynga amalga oshirilgan to‘lovlar ham tilga olingan. U 2021-yilda ushbu aloqalar yuzasidan tekshiruvdan so‘ng kompaniya rahbarligidan ketgan, biroq qonunbuzarlikni rad etgan.

 

Avvalroq, 2023-yilda Epshtein bilan bog‘liq da’volar doirasida JPMorgan Chase 290 million dollar, Deutsche Bank esa 75 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgan edi. Shuningdek, da’vogarlar Bank of New York Mellon'ga qarshi o‘xshash ish bo‘yicha sud qarori ustidan apellyatsiya kiritgan.

 

Epshteyn ishi bo‘yicha jabrlanuvchilar hukumatni shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish orqali ularning xavfsizligiga zarar yetkazganlikda ayblab, AQSh Adliya vazirligi va Google’ni sudga berdi. 

 

Jeffri Epshteyn 2019-yil avgust oyida Manhetten qamoqxonasida, jinsiy savdo ayblovlari bo‘yicha sudni kutayotgan paytda vafot etgan. Uning o‘limi rasmiy ravishda o‘z joniga qasd qilish sifatida qayd etilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.