Jahon

BMT Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligi bo‘yicha maxsus guruh tuzdi

Guruh faoliyati bo‘g‘oz orqali o‘g‘itlar va xomashyo tashishni ta’minlashga qaratilgan.

BMT Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligi bo‘yicha maxsus guruh tuzdi

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzdi. Bu haqda report.az xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ishchi guruhga BMTning Loyihalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rahbari Jorj Moriyera da Silva rahbarlik qiladi.

 

“Ushbu ishchi guruhning ustuvor vazifasi Ormuz bo‘g‘ozida gumanitar maqsadlarni ta’minlash uchun texnik mexanizmlarni ishlab chiqishdan iborat”, — dedi BMT bosh kotibining rasmiy vakili Dyujarrik.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh faoliyati bo‘g‘oz orqali o‘g‘itlar va xomashyo tashishni ta’minlashga qaratilgan.

 

Qayd etilishicha, tashabbusni amalga oshirishda BMTning avvalgi loyihalari, jumladan, Qora dengiz don tashabbusi tajribasi ham inobatga olinadi.

 

Mexanizm faoliyati a’zo davlatlar bilan yaqin hamkorlikda, xalqaro huquq normalari va davlatlar suverenitetiga rioya qilgan holda olib boriladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

BMT Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligi bo‘yicha maxsus guruh tuzdi | Zamon.uz