Jahon

Eron bilan urush bir necha haftada yakunlanishi mumkin — AQSh davlat kotibi

Marko Rubio ikki nafar eronlik amaldor AQSh bilan muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgan.

Eron bilan urush bir necha haftada yakunlanishi mumkin — AQSh davlat kotibi

AQSh Senatori va yuqori lavozimli rasmiylardan biri Marko Rubio juma kuni G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlariga Eron bilan urush yana ikki- to‘rt hafta davom etishi mumkinligini bildirgan. Bu haqda bevosita xabardor uch manba Axios nashriga ma’lum qilgan.

 

Rubio Fransiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh Eron bilan jiddiy muzokaralarga yaqin ekanini ta’kidlagan. Shu bilan birga, mintaqaga qo‘shimcha minglab qo‘shinlar yuborilayotgani va ma’muriyat quruqlikdagi kuchlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan keskin variantlarini ko‘rib chiqayotganini bildirgan.

 

Kotib urushdagi barcha maqsadlariga erishishga qat’iy bel bog‘laganini aytgan. U G7dagi hamkasblariga AQSh Eron bilan hozircha bevosita emas, vositachilar orqali aloqada ekanini ma’lum qilgan. Manbalarga ko‘ra, Tehronda qarorlar kim tomonidan qabul qilinayotgani borasida noaniqlik mavjud.

 

Shuningdek, Rubio ikki nafar eronlik amaldor AQSh bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirgan, ammo ular yuqori rahbariyatning roziligini olishi kerakligini qo‘shimcha qilgan. Vositachilarning xavfsizlik yuzasidan telefonlardan foydalanmayotgani sababli aloqa jarayoni sekinlashmoqda.

 

Rubio AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochishda G7 mamlakatlarining yordamiga ehtiyoji yo‘qligini, ammo urush tugaganidan keyin bo‘g‘ozni nazorat qilish uchun ittifoqchilari dengiz kuchlariga qo‘shilishini istashini ta’kidlagan.

 

“Rubio AQShga keyingi bosqichda kemalarni kuzatish yoki Ho‘rmuz bog‘ozida xalqaro ishtirokni ta’minlash uchun ittifoqchilar kerak bo‘lishini aytdi. Bu eronliklarga bo‘g‘oz ustidan nazorat ularda emasligini ko‘rsatadi. Barchasi bunga rozi bo‘ldi”, — degan manba.

 

G7 uchrashuvidan keyingi brifingda Rubio urush “oylar emas, balki haftalar ichida” yakunlanishini kutayotganini bildirgan. Ehtimoliy tinchlik muzokaralarida Eron tomondan kim vakillik qilishi borasida aniqlik kutilmoqda. 

 

Agar muzokaralar bo‘lsa, AQSh delegatsiyasiga vitse-prezident Jey Di Vens rahbarlik qilishi mumkin. Shu bilan birga, Donald Tramp diplomatik jarayonda Marko Rubio, Stiv Uitkoff va Jared Kushner ishtirok etayotganini aytgan.

 

Rubio urushdan keyin ittifoqchilar Ho‘rmuz bog‘ozida harakatlanish erkinligini ta’minlashda faolroq bo‘lishi lozimligini, chunki Eron bu hududdan o‘tadigan kemalardan to‘lov undirishni rejalashtirayotganini bildirgan.

 

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

custom img

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

custom img

Eron bilan mojaro 2029-yilgacha cho‘zilishi mumkin — WSJ

Mojaro 2029 yil yanvarida AQSHning navbatdagi prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ham davom etishi mumkin.

custom img

Tramp har bir katta yoshli amerikalikka 5 ming dollardan berishni vaʼda qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi noyabr oyidagi oraliq saylovlardan so‘ng Kongress ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan AQSH fuqarosiga 5 ming dollardan dividend to‘lashni vaʼda qildi.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"