Jahon

Isroil musulmon davlatlarining bir-biri bilan urishishini xohlaydi — Turkiya TIV rahbari

Hakan Fidan Yaqin Sharq mamlakatlarini bir-biriga keskin javob bermaslikka chaqirdi.

Isroil musulmon davlatlarining bir-biri bilan urishishini xohlaydi — Turkiya TIV rahbari

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan AAQSh va Isroil xalqaro huquqni buzgan holda Eronga qarshi boshlagan urush tobora mintaqaviy kengayish xavfiga duch kelayotganini bildirdi. Bu haqda Fidanning A Haber telekanaliga bergan intervyusiga tayanib, Anadolu xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Fidan AQSh va Isroilning Eronga qarshi hujumlari mintaqa va global siyosatga juda jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlab: "Afsuski, Amerika va Isroil xalqaro huquqni buzgan holda boshlagan bu urush tobora mintaqaviy kengayish xavfiga duch kelmoqda", — deb ogohlantirdi.

 

Fidan boshidanoq urush boshlanishining oldini olish, agar shunday bo‘lsa, uni to‘xtatish, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va jarayonga aralashmaslik Turkiyaning maqsadi bo‘lganini aytdi. U mamlakat shu maqsad doirasida harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.

 

"Bizning asosiy maqsadimiz urushni to‘xtatishdir. Buni amalga oshirishda biz uchun urushning boshqa mamlakatlarga tarqalmasligi va mintaqada doimiy dushmanlik va beqarorlik yuzaga kelmasligi muhimdir. Umid qilamanki, urush qachondir, u yoki bu tarzda tugaydi"— dedi vazir.

 

Hakan Fidan urushlardan keyin mamlakatlar o‘rtasidagi adovat yillab davom etishi mumkinligini ham ta‘kidladi.

 

Shuningdek, vazir mintaqa Isroil ssenariysi asosida tuzilgan o‘yinga bosqichma-bosqich jalb qilinayotganini aytib o‘tdi.

 

“Hozirgi nuqtaga yetib kelganimizda, Eronga qarshi urush olib borilayotgan bir paytda, afsuski, mintaqada Isroil tomonidan nizo urug‘i sepilayotganini ko‘rmoqdamiz, bu esa mintaqadagi musulmonlarning yana birlashishini deyarli imkonsiz qiladi. Boshqacha qilib aytganda, Turkiyaning bosh maqsadi bu nizoning paydo bo‘lishining oldini olishdir”.

 

U, Isroil va AQShning hujumlarining mintaqadagi ba’zi davlatlar uchun xavf tug‘dirganini, 7-8 davlatga Eron raketalari va dron hujumlari amalga oshirilganini qayd etdi va maslahat sifatida sabrli bo‘lish, ortiqcha reaksiya ko‘rsatmaslikni taklif qildi.

 

"Mintaqadagi davlatlarning o‘zaro javoblari uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi. Bu aynan Isroil istagan ssenariy. Ya’ni, musulmon davlatlari mintaqada bir-biri bilan uzoq muddatli mojaroga kirishishi kerak. Iltimos, bunday qilmang, bu bizning Eronga ham, boshqa mamlakatlarga ham maslahatimiz."

 

Fidan, Ar-Riyoddagi yig‘ilishda asosiy mavzu Eron hujum qilgan davlatlar bo‘lganini va Turkiyaning pozitsiyasi hech qanday provokatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik ekanini ta’kidladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil musulmon davlatlarining bir-biri bilan urishishini xohlaydi — Turkiya TIV rahbari | Zamon.uz