O'zbekiston

O‘zbekiston Lesoto bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Lesoto qirolligi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 166-mamlakat bo‘ldi.

O‘zbekiston Lesoto bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston Lesoto qirolligi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 27-mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Lesoto o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.

 

Lesoto Qirolligi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 166-mamlakat bo‘ldi. Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Lesotoning BMTdagi missiyasi rahbari Matete Nena imzoladi.

 

Xabarga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasida yaqin hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi. 

 

Ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish, birinchi navbatda, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini izlab topish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Ma’lumot o‘rnida, 2025-yil 26-sentyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Palau davlat vaziri Gustav Aytaro Nyu-York shahrida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolagan edi. Tinch okeanining g‘arbiy qismida joylashgan ushbu arxipelag-davlat O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 165-mamlakat bo‘lgan edi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston Lesoto bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi | Zamon.uz