O'zbekiston

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan qonun qabul qilindi

Mazkur qonun bilan Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan qonun qabul qilindi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

 

Ma’lum qilinishicha, qonun bilan Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Xususan, ushbu qonun bilan:

 

• qonunchilikka islomiy bank faoliyati, islomiy moliya operatsiyalari, islomiy moliya standartlari hamda investitsiyaviy omonat (depozit) tushunchalari kiritilmoqda;

 

• islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya joriy qilinib, mazkur litsenziyani olish bo‘yicha aniq talablar o‘rnatilmoqda;

 

• islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega banklar tomonidan amalga oshiriladigan islomiy moliya operatsiyalari ro‘yxati keltirilmoqda;

 

• islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga bevosita savdo faoliyatini amalga oshirishga hamda yuridik shaxslarni tashkil etish va yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ulushlarni yoki aksiyalarni cheklovlarsiz olishga ruxsat berilmoqda;

 

• islomiy moliya faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy bank va banklarda islomiy moliya kengashini tashkil etish hamda uning faoliyatiga doir talablar belgilanmoqda.

 

Shuningdek, islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilab berilmoqda.

 

Islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

 

Qonunga ko‘ra, bankda 5 nafar a’zodan iborat bo‘lgan Markaziy bankning islomiy moliya kengashi tashkil etiladi. 

 

Islomiy moliya faoliyati doirasida jami daromadlar tarkibiga quyidagi daromadlar kiritiladi:

 

• islomiy moliya faoliyati bo‘yicha mukofot tarzidagi daromad;

 

• islomiy sug‘urta va islomiy qayta sug‘urta tashkilotining sug‘urta, qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha daromadi.

 

Quyidagilar QQS solishdan ozod qilinadi:

 

• islomiy qimmatli qog‘ozlar (sertifikatlar) bilan bog‘liq operatsiyalar. 

 

• islomiy moliya faoliyati doirasida ishonchli boshqaruv (vositachilik) shartnomalari asosida bank va mikromoliya tashkiloti tomonidan ishonchli boshqaruvning muassisiga (komitentga) pulli asosda ko‘rsatilgan xizmatlar;

 

• islomiy moliya faoliyati doirasida mol-mulkni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berishda ushbu mol-mulkni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berish bo‘yicha barcha ijara to‘lovlari summasi va sotib olish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq;

 

• banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliya faoliyati doirasida tuziladigan shartnomalar bo‘yicha mijozga (xaridorga) realizatsiya qilinadigan tovarlarga qo‘yiladigan ustama. 

 

Islomiy moliya faoliyati doirasida ko‘chmas mulklarni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) beruvchi banklar va mikromoliya tashkilotlari mol-mulk solig‘i to‘lovchilari deb ataladi.

 

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan qonun qabul qilindi | Zamon.uz