O'zbekiston

O‘zbekistonda suv tanqisligining oldini olish bo‘yicha 2026-yilgi dastur tasdiqlandi

Suvni tejaydigan hovuzlar qurish va suv tanqisligining oldini olish uchun jami 120 milliard so‘m ajratiladi.

O‘zbekistonda suv tanqisligining oldini olish bo‘yicha 2026-yilgi dastur tasdiqlandi

O‘zbekiston hukumatining irrigatsiya tizimlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan 2026-yilga mo‘ljallangan qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini suvni tejaydigan texnologiyalar orqali sug‘orish uchun suv hovuzlari qurish ishlariga 60 milliard so‘m yo‘naltiriladi. 

 

Shuningdek, suv tanqisligini yumshatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarga yana 60 milliard so‘m ajratiladi.

 

Hujjat bilan 2026-yilda amalga oshiriladigan kanallarni betonlashtirish va rekonstruksiya qilish loyihalari, suv hovuzlari qurish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar hamda suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

 

Qarorga ko‘ra, mazkur loyihalar vazirlik tizimidagi hududiy “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari buyurtmachiligida amalga oshiriladi. Loyihaoldi hujjatlari uch kun ichida tayyorlanib, o‘n kun muddatda loyiha tashkilotlari aniqlanadi. Keyingi bosqichda ikki oy ichida loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olinadi.

 

Ekspertiza xulosalari olingan obyektlarda uch hafta ichida bosh pudratchilar aniqlanib, qurilish-montaj ishlari boshlanadi.

 

Shuningdek, hududlarda suv hovuzlari qurish uchun yer uchastkalarini ajratish choralari ko‘riladi. Bunda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan lalmi va bo‘z yerlardan 2 gektargacha maydon ajratilishi belgilangan.

 

Betonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida kanallarda suv ochish va yopish bo‘yicha reja-grafiklar tasdiqlanadi hamda pudrat tashkilotlari uchun zarur ish fronti yaratiladi.

 

Bundan tashqari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida loyihalar doirasida kanallar qirg‘oqlaridagi o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni ko‘chirish, zarur hollarda kesish ishlari belgilangan to‘lovlardan ozod etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda suv tanqisligining oldini olish bo‘yicha 2026-yilgi dastur tasdiqlandi | Zamon.uz