Jahon

Pokistonda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi

29-30-mart kunlari Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlari Islomobodga tashrif buyuradi.

Pokistonda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi

Pokiston yakshanba kuni Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlarini Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha muzokaralar uchun qabul qiladi. Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vazirligiga tayanib Arab News xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va Misr tashqi ishlar vaziri doktor Badr Abdullatti 29-30-mart kunlari Pokistonlik hamkasbi Ishoq Darning taklifiga binoan Islomobodga tashrif buyuradi.

 

Pokiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, tashrif davomida tashqi ishlar vazirlari mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan sa’y-harakatlar kabi bir qator masalalar bo‘yicha chuqur muhokamalar o‘tkazadi.

 

“Ushbu tashrif Pokistonning ushbu mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali sohalardagi hamkorligi va muvofiqlashtirishini yanada mustahkamlash uchun imkoniyat yaratadi”, deyiladi bayonotda.

 

Shuningdek, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif shanba kuni Eron prezidenti Mas;ud Pezeshkiyon bilan bir soatlik telefon suhbati o‘tkazganini ma’lum qildi.

 

“Men Pokistonning Isroilning Eronga qarshi davom etayotgan hujumlarini, jumladan, yaqinda fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumlarni qat’iy qoralashini yana bir bor ta’kidladim va Pokistonning jasur Eron xalqi bilan birdamligini bildirdim”, dedi Sharif  va Pezeshkiyonga Pokistonning tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagani uchun minnatdorchilik bildirganini qo‘shimcha qildi.

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan avvalroq uchrashuv dastlab Turkiyada rejalashtirilganini aytgan edi. Keyinroq Fidan Pokiston rasmiylarining o‘z mamlakatlarida qolishlari shart bo‘lganligi sababli uchrashuv Pokistonga ko‘chirilganini bildirdi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Pokistonda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi | Zamon.uz