Jahon

Rossiya 1-apreldan boshlab benzin eksportini to‘xtatadi

Mazkur chora boshqa davlatlar bilan tuzilgan kelishuvlarga hamda dizel yonilg‘isiga tatbiq etilmaydi.

Rossiya 1-apreldan boshlab benzin eksportini to‘xtatadi

Yonilg‘i narxlarining oshib borishi fonida Rossiya 1-apreldan benzin eksportini to‘xtatadi.Bu haqda "TASS" agentligiga tayanib, DW xabar bermoqda. 

 

Ta’kidlanishicha, qaror ichki bozorni barqarorlashtirish va yoqilg‘i narxlarining oshishining oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.

 

Rossiya Energetika vazirligi tomonidan tayyorlanayotgan tegishli qarorga ko‘ra, taqiq mamlakatning barcha bozor ishtirokchilariga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, taqiq Rossiya hukumati boshqa davlatlar bilan tuzgan hukumatlararo kelishuvlar doirasidagi yetkazib berishlarga hamda dizel yonilg‘isiga tatbiq etilmaydi.

 

Hukumat matbuot xizmati bu chora “ichki bozorni ustuvor ta’minlash va benzin narxlarini barqarorlashtirishga” xizmat qilishini bildirgan.

 

Shuningdek, Energetika vazirligi mamlakatdagi neftni qayta ishlash hajmi 2025-yil mart oyidagi darajada saqlanib qolishini ma’lum qilgan. Bu esa ichki bozordagi neft mahsulotlari yetkazib berilishini barqaror ta’minlashga imkon beradi.

 

“Gazprom neft” kompaniyasi rahbari Aleksandr Dyukov Prezident Vladimir Putin ishtirokidagi Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi yig‘ilishidabenzin eksportini taqiqlash zarurligini ta’kidladi. Dyukovning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi natijasida jahon bozorida neft va neft mahsulotlari narxi keskin oshgan. Shu sababli, ichki bozordan benzinni yuqori narxlarda sotish imkoniyati mavjud bo‘lgan tashqi bozorlarga oqib ketishining oldini olish lozim.

 

Bunday taqiqlar Rossiyada birinchi marta joriy etilayotgani yo‘q. Ukraina bilan urush boshlanganidan so‘ng va Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlar ortidan mamlakat hukumatlari bir necha bor shunday cheklovlar kiritgan. Oxirgi marta benzin eksporti bo‘yicha cheklovlar 2026-yil yanvar oyida yumshatilgan edi.

 

Shuningdek, 25-martga o‘tar kechasi Ukraina Leningrad viloyatidagi Ust-Luga portiga zarba bergan, bu esa Rossiyaning neft mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini yanada cheklagan. 

 

"Kommersant" manbasiga ko‘ra, ushbu holat yaqin vaqt ichida mamlakatda neft qazib olish va qayta ishlash hajmining kamayishiga olib kelishi mumkin.

 

Eronga qarshi AQSh va Isroilning harbiy harakatlari jahon neft bozorida keskin tebranishlarga sabab bo‘lmoqda. Urush natijasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakat to‘xtashi global neft yetkazib berishning taxminan 20 foiziga ta’sir qilgan. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya 1-apreldan boshlab benzin eksportini to‘xtatadi | Zamon.uz