Jahon

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Zarbalar oqibatida tug‘uruqxona tomi shikastlangan, xodimlar va bemorlar evakuatsiya qilingan.

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

28-martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Odessa va Krivoy Rog shaharlariga dronlar bilan hujum uyushtirdi. Oqibatda kamida uch kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab fuqarolar jarohatlangan.

 

Odessa shahar harbiy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, shahar ikki marta dronlar bilan nishonga olingan. Hujumlar natijasida jarohatlanganlardan biri shifoxonada vafot etgan. Yana kamida 11 kishi, jumladan bir nafar bola jarohat olgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar oqibatida tug‘uruqxona tomi shikastlangan, Primorskiy tumanida ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rgan va yong‘inlar yuzaga kelgan. Shuningdek, Hajibey tumanida ham yong‘inlar qayd etilgan, Kiyev tumanida esa noturar joy binolari shikastlangan va turar joylarda oynalar singan.

 

Shu bilan birga, Krivoy Rog shahriga ham dronlar bilan ommaviy hujum amalga oshirilgan. 

 

Dnepropetrovsk viloyati rasmiylariga ko‘ra, sanoat korxonasiga zarba berilgan. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan.

 

Rasmiylar hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari davom etayotganini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.