Jahon

Shvetsiyada O‘zbekistonning ekstremizmga qarshi kurash tajribasi yuqori baholandi

24–25 mart kunlari Stokgolmda boʻlib oʻtgan xalqaro seminarda O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan “Mehr” operatsiyasi va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar taqdim etildi.

Shvetsiyada O‘zbekistonning ekstremizmga qarshi kurash tajribasi yuqori baholandi

Joriy yilning 24–25 mart kunlari Shvetsiya parlamenti – Riksdagda “O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik, ekstremizmga qarshi kurash va terrorchi guruhlarning sobiq a’zolarini reintegratsiya qilish tajribasi” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

 

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Yahudiylar diniy jamoasi raisi Arkadiy Isaxarov, Nemis lyuteran cherkovi raisi Lyudmila Shmidt, Oliy Majlis deputati Dilorom Fayzieva hamda taniqli dinshunos ekspertlardan iborat delegatsiya Stokgolmga tashrif buyurdi.

 

Seminarda Riksdag deputatlari, Shvetsiya hukumati a’zolari, siyosiy va ekspert doiralari, huquqni muhofaza qilish idoralari, diniy jamoalar va OAV vakillari, Stokgolmda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlar elchilari – jami 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

 

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimizda so‘nggi yillarda diniy sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, vijdon erkinligi va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi tizimli chora-tadbirlarning samarali natijalari taqdim etildi. Jumladan, “Mehr” operatsiyasi orqali nizoli hududlardan qaytarilgan D.N. o‘z chiqishida O‘zbekistonda adashgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan kechirimlilik va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash siyosatining amaliy mohiyatini ochib berdi.

 

Shvetsiya rasmiylari va xalqaro ekspertlar O‘zbekiston tajribasini yuqori baholadi. Riksdagning “Shvetsiya – Markaziy Osiyo” do‘stlik guruhi rahbari, taniqli siyosatchi Bjorn Soder O‘zbekistonning ekstremizmga qarshi kurashdagi ilg‘or tajribasini o‘rganish ikki davlat manfaatlariga mos ekanini ta’kidladi. Shvetsiya TIVning dinlararo muloqot bo‘yicha maxsus vakili, elchi Kristian Kamil “Mehr” operatsiyalarini radikallashuv ildiziga berilgan kuchli zarba deb atab, O‘zbekiston tajribasi dinlararo muloqot xavfsizlikning eng mustahkam poydevori ekanini isbotlaganini qayd etdi.

 

Shvetsiya xavfsizlik va taraqqiyot siyosati instituti direktori, siyosatshunos Svante Kornell O‘zbekistonning musulmon dunyosi tarixidagi o‘rni va Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ochilgan Islom tsivilizatsiyasi markazining ahamiyatiga to‘xtalib, radikallashuvga qarshi ma’naviy va ijtimoiy usullar bilan kurashish samaradorligini alohida e’tirof etdi.

 

Seminar yakunida tomonlar bu kabi ochiq muloqotlar O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi o‘zaro ishonni mustahkamlash hamda uzoq muddatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Shvetsiyada O‘zbekistonning ekstremizmga qarshi kurash tajribasi yuqori baholandi | Zamon.uz