O'zbekiston

Sirdaryolik yigit virus dastur orqali fuqarolarning bank kartalaridan pul o‘g‘irlagani aniqlandi

U Telegram orqali zararli dastur tarqatib, 200 dan ortiq fuqaroning pulini o‘zlashtirgan.

Sirdaryolik yigit virus dastur orqali fuqarolarning bank kartalaridan pul o‘g‘irlagani aniqlandi

Telegram messenjeri orqali zararli ilovalarni tarqatib, fuqarolarning bank kartalaridan pul yechib olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ichki ishlar organlariga Karmana tumanida yashovchi fuqaro murojaat qilib, turmush o‘rtog‘iga tegishli bank plastik kartasidan 22 million so‘m mablag‘ noma’lum tarzda yechib olinganini bildirgan. Holat yuzasidan tezkor-qidiruv ishlari olib borilgan.

 

Aniqlanishicha, jinoyatga aloqador shaxs 2004-yilda tug‘ilgan Sirdaryo viloyati fuqarosi bo‘lib, u Paynet to‘lov tizimi orqali go‘yoki doimiy daromad topish mumkinligi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan. Shu yo‘l bilan u turli hududlarda yashovchi to‘qqiz nafar fuqaroni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga undagan va ularning akkauntlaridan foydalangan.

 

Shuningdek, gumonlanuvchi Telegram messenjeri orqali APK formatidagi zararli ilovalarni tarqatib, fuqarolarning mobil qurilmalarini virus bilan zararlagan. Natijada u ushbu qurilmalarga ulangan bank kartalaridan pul mablag‘larini yechib olgan hamda har bir tranzaksiyadan 5–7 foiz miqdorida ulush olib turgan.

 

Tezkor tadbirlar davomida Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu shaxs qo‘lga olindi. Hozirga qadar u tomonidan sodir etilgan 121 ta kiberjinoyat aniqlangan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi jami 211 nafar fuqaroga tegishli bank kartalaridan 2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan va bu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.