O'zbekiston

Toshkentda davlat bojini to‘lamagan MCHJning mashinasi xatlandi

Ayni paytda avtomashinani auksion orqali qarzdorlik hisobidan sotish choralari ko‘rilmoqda.

Toshkentda davlat bojini to‘lamagan MCHJning mashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga sud va boshqa organlar qarorlariga asosan qarzdor “S.M.” MCHJdan davlat foydasiga jami 6 mlrd 237 mln 607 ming so‘m davlat boji va soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan hamda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan yuqoridagi qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli barcha mol-mulklarga taqiq o‘rnatilgan hamda belgilangan tartibda qidiruv eʼlon qilingan.

 

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “LI XIANG L9” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Hozirda mazkur xatlangan avtotransport vositasi baholanib, auksion orqali qarzdorlik hisobidan sotish choralari ko‘rilmoqda.

 

Qarzdor tomonidan ushbu jarayon davomida qarzdorlik to‘liq qoplangan taqdirda, avtotransport vositasi mulk egasiga qaytariladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.