O'zbekiston

Toshkentda Kichik halqa yo‘li vaqtincha yopiladi

28-martdan 31-martgacha Kichik halqa yo‘lining Chilonzor tumani hududidan o‘tuvchi bir tomonlama qismida harakat cheklanadi.

Toshkentda Kichik halqa yo‘li vaqtincha yopiladi

Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlarining ikkinchi bosqichi boshlanishi munosabati bilan ayrim hududlarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish doirasida frezalash, asfaltlash hamda muhandislik tarmoqlarini yangilash ishlari olib boriladi.

 

Xususan, 2026-yil 28-mart soat 08:00 dan 31-mart soat 06:00 gacha Kichik halqa yo‘lining Chilonzor tumani hududidan o‘tuvchi bir tomonlama qismida — Lutfiy ko‘chasi kesishmasidan Asrlar sadosi ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishda harakat cheklanadi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur davrda ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovchi avtobuslar hamda boshqa transport vositalari harakati muqobil yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi.

 

Mutasaddilar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilarga harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni tavsiya etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Kichik halqa yo‘li vaqtincha yopiladi | Zamon.uz