O'zbekiston

Toshkentda MIB orqali uy o‘z egasiga olib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro uyni boshqa odamga sotgan bo‘lsada, unda yashab kelgan.

Toshkentda MIB orqali uy o‘z egasiga olib berildi

Sud hujjatiga ko‘ra, qarzdor fuqaro S.S. va boshqalar undiruvchi T.S.ga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan Yangihayot tumani, Mashʼal MFYda joylashgan uy-joydan boshqa turar joy bermasdan majburiy tartibda ko‘chirilishi belgilangan.

 

Aniqlanishicha, fuqarolar o‘rtasida qarz munosabati yuzaga kelgan bo‘lib, qarzdor fuqaro muayyan miqdordagi pul mablag‘ini olish maqsadida o‘z uyini tanishi nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib bergan. Qarz shartnomasida olingan mablag‘ni 12 oy ichida qaytarish belgilangan.

 

Biroq belgilangan muddatda qarz mablag‘i qaytarilmagan. Shundan so‘ng pul bergan shaxs mazkur uyni boshqa shaxsga sotgan. Shu bilan birga, uy sotilganiga qaramasdan qarzdor fuqaro ushbu xonadonda yashashni davom ettirgan.

 

Uyni sotib olgan uchinchi shaxs mazkur holatdagi qarz munosabatlaridan bexabar bo‘lgan holda sudga murojaat qilgan va sud tomonidan uy-joyni unga topshirish haqida qaror qabul qilingan.

 

Mazkur ijro hujjati Byuroning Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituviga 2026 yil 12 fevral kuni kelib tushgan. Qarzdorga ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgani haqida qaror yuborilgan.

 

Biroq sud hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli davlat ijrochisi Sh.Ahmadbekova tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

 

Natijada joriy yilning 13 mart kuni mazkur xonadondan qarzdor va boshqalar belgilangan tartibda chiqarilib, uy-joy qonuniy egasiga topshirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.