Jahon

BAA Eron fuqarolari uchun yashash ruxsatnomalarini bekor qildi — OAV

Shuningdek, BAA Eronning yuzlab milliard dollarlik aktivlarini bloklagani haqida ham xabarlar tarqaldi.

BAA Eron fuqarolari uchun yashash ruxsatnomalarini bekor qildi — OAV

Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari barcha Eron fuqarolari uchun berilgan yashash ruxsatnomalarini bekor qilgan. Bu haqda Tehran Times nashri ma’lum qilgan.

 

Manbaga ko‘ra, mazkur qaror mintaqada keskinlashib borayotgan harbiy-siyosiy vaziyat fonida qabul qilingan bo‘lib, u “oltin viza” dasturi orqali berilgan ruxsatnomalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, nashrda BAA tomonidan Eronning qariyb 530 milliard dollar miqdoridagi aktivlari bloklangani ham qayd etilgan.

 

Biroq hozircha ushbu ma’lumotlar Amirliklar rasmiylari tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

 

So‘nggi haftalarda Eron va AQSh–Isroil ittifoqi o‘rtasidagi keskinlik kuchayib bormoqda. Xususan, 26-mart kuni Abu-Dabida urib tushirilgan dron parchalari qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, uch kishi jarohat olgani xabar qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng, Tehron Isroilga hamda Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlariga, jumladan BAAdagi bazalarga raketa va dron hujumlarini amalga oshirmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

BAA Eron fuqarolari uchun yashash ruxsatnomalarini bekor qildi — OAV | Zamon.uz