Jahon

Shimoliy Koreya AQShga yetib borishi mumkin bo‘lgan raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazdi

Mutaxassislar Pxenyan e’lon qilgan texnik ko‘rsatkichlar bo‘rttirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Shimoliy Koreya AQShga yetib borishi mumkin bo‘lgan raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya AQSh hududigacha yetib borishga qodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qit’alararo ballistik raketalarda qo‘llanadigan yangi qattiq yoqilg‘ili raketa dvigatelining yer usti sinovini o‘tkazdi. Bu haqda xalqaro axborot agentligi Associated Press (AP) xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, sinov jarayonini Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shaxsan kuzatgan. Koreya Markaziy Axborot Agentligi (KCNA) ushbu sinov mamlakatning besh yillik mudofaa rivojlantirish dasturi doirasida strategik qurollarni yanada takomillashtirish yo‘lidagi muhim bosqich ekanini ta’kidlagan.

 

Xabarlarga ko‘ra, yangi uglerod kompozit materiallardan tayyorlangan dvigatel maksimal 2500 kilovatt tortish kuchini ishlab chiqaradi. Bu ko‘rsatkich 2024-yil sentabr oyida sinovdan o‘tkazilgan shunga o‘xshash qattiq yoqilg‘ili dvigatelning (1970 kilovatt) quvvatidan ancha yuqori ekani aytilmoqda.

 

Biroq Janubiy Koreyadagi ayrim mutaxassislar dvigatelning ishlash vaqti kabi asosiy texnik ko‘rsatkichlar ochiqlanmagani sababli Pxenyan tomonidan bildirilgan samaradorlik haqidagi da’volar bo‘rttirilgan bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda.

 

Associated Press qayd etishicha, so‘nggi yillarda Shimoliy Koreya bir necha bor qit’alararo ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazgan va bu raketalar AQShning kontinental hududiga yetib borish imkoniyatiga ega ekani ta’kidlangan. Qattiq yoqilg‘ili raketalar esa suyuq yoqilg‘ili tizimlarga qaraganda tezroq uchirilishi va oldindan aniqlash qiyinligi bilan ajralib turadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.