Taniqli jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi
Bahriyev insult tufayli Toshkentdagi shifoxonaga yotqizilgan edi.

Taniqli jurnalist, publisist va tarjimon Karim Bahriyev og‘ir xastalik sabab 64 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Sal avval K. Bahriyev insult bilan Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan barcha zarur muolajalar ko‘rsatilganiga qaramay, u jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.
Zamon.uz marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.







