O'zbekiston

Toshkentda poyga uyushtirgan ikki haydovchi 10 sutkaga qamaldi

27 va 21 yoshli haydovchilar Lacetti hamda Onix’da poyga uyushtirgani aniqlangan.

Toshkentda poyga uyushtirgan ikki haydovchi 10 sutkaga qamaldi

Toshkentda yo‘l qatnov qismida poyga uyushtirib, jamoat tartibini buzgan ikki nafar haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 27-mart kuni soat 03:40 atrofida poytaxtning Olmazor tumani ko‘chalaridan birida Lacetti va Onix rusumli avtomobillarda poyga uyushtirilayotgani, yo‘l harakati qoidalari hamda jamoat tartibi buzilayotgani yuzasidan xabar kelib tushgan.

 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan hududdagi kuzatuv kameralari yozuvlari va voqea guvohlarining ko‘rsatmalari o‘rganilib, surishtiruv ishlari olib borilgan. Natijada huquqbuzarlikni 27 yoshli Ramz Islomov hamda 21 yoshli Azimjon Abdusattorov sodir etgani aniqlangan.

 

Mazkur avtomobillar jarima maydoniga joylashtirilib, huquqbuzarlarga nisbatan tegishli hujjatlar sudga taqdim etilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining qaroriga ko‘ra, har ikki haydovchiga nisbatan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Haydovchilar o‘z qilmishidan pushaymon ekanini bildirib, fuqarolardan uzr so‘ragan. YHXB vakillari ushbu holatdan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, ichki ishlar organlariga murojaat qilishlarini so‘ragan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.