Jahon

AQSh ayrim chet elliklar uchun boshpana arizalarini ko‘rib chiqishni qisman qayta boshlaydi

Cheklovlar Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi 39 ta mamlakat fuqarolariga tatbiq etilgan bo‘lib, ularning AQShga kirishi to‘liq yoki qisman cheklangan edi.

AQSh ayrim chet elliklar uchun boshpana arizalarini ko‘rib chiqishni qisman qayta boshlaydi

CBS News manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh rasmiylari chet el fuqarolari tomonidan berilgan boshpana arizalarini ko‘rib chiqish jarayonini qisman qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Ushbu jarayon 2025-yil noyabr oyida Vashington markazida migrant tomonidan Milliy gvardiya askarlariga uyushtirilgan hujumdan so‘ng to‘xtatilgan edi. Hujum natijasida gumondor va ikki nafar Milliy gvardiya askari jarohat olgan, keyinchalik ulardan biri olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan. DHS kotibi Kristi Noem gumondor 2021-yilda Afg‘onistondan AQShga olib kelingan shaxs bo‘lganini ma’lum qilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmatlari ( USCIS) qarori asosida past xavfli mamlakatlardan kelgan, tekshiruvdan o‘tgan boshpana izlovchilarning arizalarini ko‘rib chiqishga qo‘yilgan cheklovni qisman bekor qilgan.

 

Ichki xavfsizlik departamenti(DHS) vakillarining ta’kidlashicha, cheklovlar Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi 39 ta mamlakat fuqarolariga tatbiq etilgan bo‘lib, ularning AQShga kirishi to‘liq yoki qisman cheklangan edi.

 

Departamentga ko‘ra, qoidalarning yumshatilishi mavjud resurslarni “yuqori xavfli” holatlarni yanada sinchkovlik bilan tekshirishga yo‘naltirish imkonini beradi. Shu bilan birga, har bir chet el fuqarosining shaxsini va xavfsizlik jihatlarini to‘liq tekshirish amaliyoti saqlab qolinadi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh ayrim chet elliklar uchun boshpana arizalarini ko‘rib chiqishni qisman qayta boshlaydi | Zamon.uz